Mavzu: antropogenez. Irqlar va ularning birligi


Download 202.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi202.04 Kb.
#1572330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-маъруза

Odamsimon maymunlar 
Ma’lum bo‘lishicha, odamsimon maymunlar choy, kofe ichishga tez 
o‘rganadi. Fiziologik kuzatishlar odamsimon maymunlarning qoni odamnikiga 
yaqin ekanligini ko‘rsatdi. Shimpanze qonini odamga, odam qonini esa 
shimpanzega quyish mumkinligi isbotlangan. Odamsimon maymunlar odamlardagi 
terlama, sil, dizenteriya, bezgak, gripp kabi kasalliklar bilan og‘rishi kuzatilgan. 
Odamsimon maymunlarda tuyg‘uning ifodalanishi, ya’ni ularning shodlanishi, 
yig‘lashi, ko‘p jihatdan odamnikiga o‘xshashdir. Odamlardagi qarilik alomatlari, 
soch to‘kilishi, tish tushishi va boshqalar odamsimon maymunlarda ham uchraydi. 
Odamsimon maymunlar juda ko‘p belgi va xususiyatlari bilan odamlarga o‘xshash 
bo‘lsa ham, bir qancha xususiyatlari bilan ulardan keskin farq qiladi. Odamning 
qo‘li oyog‘iga nisbatan ancha qisqa. Agar odamning qo‘li oyog‘i uzunligining 65-
70%, shimpanzeda u 103-110%, orangutanda esa 140% ni tashkil etadi. 
Odamning bosh barmog‘i boshqa barmoqlariga qaraganda kalta va yo‘g‘on 
bo‘ladi. Boshqa barmoqlari ham odamsimon maymunlarnikiga nisbatan kaltaroq. 


Odamning umurtqa pog‘onasi lotincha S harfi shaklida egilgan bo‘lib, o‘tirganda, 
yurganda va chopganda, sakraganda zarbani kamaytirish vazifasini, odam tik 
yurishi natijasida uning ichki organlari chanoq suyagini bosadi. Shuning uchun 
maymunlarning chanoq suyagiga nisbatan odamning chanoq suyagi keng.
Odamda ko‘krak qafasining shakli ham o‘zgargan. Agar gorizontal holatda 
yuruvchi hayvonlarda ko‘krak qafasi ikki yon tomondan siqilgan va oldinga bo‘rtib 
chiqqan bo‘lsa, odamda aksincha, yon tomondan keng, old tomondan bosiq holda 
bo‘ladi. Maymunlarda jag‘ suyaklari yaxshi, odamda kuchsiz rivojlangan, Odamda 
kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan ancha katta, maymunlarda esa 
aksincha, kichikdir. Agar kalla suyagining miya qismini 100% deb olsak, u holda 
yuz qismi odamda 36-38%, shimpanzeda 90-96%, orangutanda 102% ni tashkil 
etadi. Odam miyasining hajmi va vazni odamsimon maymunlarnikiga qaraganda, 
5-3 marta ortiq.
Odam bosh miya qutisining hajmi 1600 sm
3
, odamsimon maymunlarniki 600 
sm
3
. Odamning bo‘g‘zi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ma’noli nutq organiga aylangan. 
Natijada faqat insonga xos bo‘lgan ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Tirik 
mavjudotlarning rivojlanishida, belgi va xususiyatlari shakllanishida hujayra 
yadrosidagi xromosomalar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, odam 
bilan maymunlarning xromosomalari qanday, ular odam paydo bo‘lishi masalasiga 
biror yangilik kirita oladimi, degan masala olimlar diqqatini o‘ziga tortdi. Bu 
sohada olib borilgan tadqiqotlarning ba’zi yakunlari 1966 yili Italiya olimi Kiarelli 
tomonidan e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, martishkasimon maymunlarning 
ayrim turlariga mansub organizmlar hujayrasida 54 ta, boshqalarida 72 ta, 
odamsimon maymunlardan gibbonlarda 44 ta, gorilla, shimpanze, orangutanda 48 
ta, odamda 46 ta xromosoma bor ekan. Odam xromosomalari tashqi ko‘rinishidan 
odamsimon maymunlarning xromosomalariga o‘xshashligi kuzatilgan. 
Odam paydo bo‘lishini isbotlovchi paleontologik omillar. Qazilma hol- dagi 
maymunlar. Turlarning ma’lum davr ichida kelib chiqishini isbotlashda esa 
paleontologik qazilmalar nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Qazilma holdagi 
maymunlarni o‘rganish odamga xos bo‘lgan xususiyatlar qanday qilib paydo 
bo‘lganligini, rivojlanganligini tushunishga imkon beradi. Primatlar turkumining 
dastlabki vakillari, aftidan, mezozoy erasining yuqori bo‘r davridagi sut 
emizuvchilarning tuban hasharotxo‘r vakillaridan kelib chiqqan. Dastlab Janubiy - 
Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan maymunlar asta-sekin yer yuzasining 
Avstraliyadan boshqa barcha territoriyasiga tarqalgan. Daraxtlarda hayot kechirish, 
bora-bora besh panja, oyoqlarning harakatchan bo‘lishi eshitish va ko‘rish 
organlari rivojlanishiga qulay sharoit yaratgan. 
Primatlar turkumida tuzilishi eng murakkab hisoblangan odamsimon 
maymunlar tarixiy rivojlanish jarayonida tor burunli maymunlarning bir 


tarmog‘idan kelib chiqqan. Shu tarmoqqa kiruvchi maymunlar - parapitek, 
propliopiteklarning pastki jag‘ suyaklari 1911 yili Misrning oligotsen 
qatlamlaridan topilgan. Parapiteklar odamsimon maymunlarning eng qadimgi 
tuban vakili hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, bu maymunlar hozirgi odamsimon 
maymunlardan kichik, mushukdek kattalikda bo‘lgan. Parapiteklardan keyin paydo 
bo‘lgan propliopiteklar suyagining qoldiqlari ham Misrdagi oligotsen 
qatlamlaridan topilgan. U anchagina yirik bo‘lib, to‘rt oyoqlab yurishdan ozmi-
ko‘pmi tik yurishga o‘tgan.
Qadimgi odamsimon maymunlar tanasini nisbatan tik tutishi tufayli og‘irligi 
keyingi oyoqlariga tushib, tanasidagi organlarning o‘zaro munosabati o‘zgargan. 
Umurtqa pog‘onasi barcha to‘rt oyoqli hayvonlarga xos duksimon shaklini 
yo‘qotgan. Ko‘krak qafasi keng va qisqa bo‘lgan. Oldingi oyoqlari erkin va xilma-
xil harakat qilgan. Natijada ular oziq izlab topishi ancha osonlashgan. Tabiiy 
tanlanish tufayli bunday formalarning saqlanib qolishi qadimgi odam ajdodlarining 
tik turadigan vakillari kelib chiqishi uchun evolutsion zamin bo‘lib xizmat qilgan. 
Harakatlanish usulining o‘zgarishi hamda muhit sharoitning qulay (maydonlar 
keng, tropik o‘rmonlar mavjud, iqlim yumshoq) bo‘lishi miotsenda primatlarning 
biologik jihatdan ravnaq topishiga imkon yaratgan.
Oqibatda primatlar turkumiga mansub organizmlar muhitning xilma-xil 
sharoitiga moslashib, ular o‘rtasidagi differensiyalanish yanada avj olgan. Ba’zi 
turlar o‘z haYotini erda va daraxtlarda, boshqalari faqat daraxtlarda, uchinchilari, 
aksincha, ko‘proq erda o‘tkazadi. Pliotsenga kelib, odam va odamsimon 
maymunlarning rivojlanish Yo‘nalishi har xil ekanligi aniq bo‘ladi. 

Download 202.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling