Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarining iqtisodiy mohiyati va
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
1 Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarining iqtisodiy mohiyati va
ahamiyati Kuchli davlat va mustahkam jamiyatni barpo etishning o‘z qonuniyatlari mavjud bo‘lib, bunda qonun ustuvorligi, adolat, tenglik kabi tamoyillar qatorida ijtimoiy himoya ham buyuk davlatning mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish haqida so‘z ketganda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday deydilar: «Biz qachon kuchli va qudratli bo‘lamiz – qachonki odamlar bugungi tizimdan, bugungi hayotdan rozi bo‘lsa. Shundagina bu xalqni hech kim yenga olmaydi» 2 .
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ham insonga munosib turmush sharoitini yaratib berish va uning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi qaysidir darajada «mehnatga yarasha haq to‘lash»ni taqozo etadi. Ammo bu tamoyilni bir taraflama talqin etish, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qarovsiz va o‘z holiga tashlab qo‘yish ham yaxshi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011—2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati inson manfaatlariga va aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Xalqimizda azaldan mavjud bo‘lgan mehr-oqibat, o‘zaro yordam, to‘yona, bemor va qariyalarni ziyorat qilish, xayr-ehson, zakot va shunga o‘xshash qadriyatlar ham aholining kam ta’minlangan qatlamlariga katta ko‘mak bo‘ladi. Ijtimoiy hamkorlik O‘zbekiston jamiyatidagi ijtimoiy himoya tizimida asosiy omillardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi ham.
2 Каriмоv I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. – Т.:O’zbekiston, 2006. –B. 96 6
Yurtboshimiz ijtimoiy himoya haqida shunday deydilar: “... davlat qurilishi va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanishi, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan, qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda “Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun” degan teran ma’noli fikrni unutmasligimiz kerak» 3 . Mustaqillikning 21 yillik davrini sarhisob qilganda, milliard-milliard so‘mlab mablag‘lar mamlakatimizda insonlar hayot tarzini yaxshilashga, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan keksalarga sarflandi. O‘tgan davr mobaynida har bir yilga alohida nom berilgani va ularning mohiyatini asosan ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgani mazkur masalaga yurtimizda qay darajada amaliy ahamiyat berilayotganini ko‘rsatadi. “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”... deya e’lon qilinishi fikrimizni tasdiqlaydi. Yurtimizda inson huquqi, erkinliklari va manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadi. Shu sababli mazkur qadriyatlar boshqa har qanday moddiy manfaatdan ustun hisoblanadi. Respublikamizning asosiy
Qonuni – Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar” 4 , deyiladi. Bunda “fuqaro-jamiyat-davlat” munosabatlari yaqqol ifodalangan bo‘lib, unda fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi va o‘zgarmasligi ta’kidlangan. “Adolat” SDP o‘zining saylovoldi dasturida ana shu bog‘liqlikni mustahkamlashni, ya’ni ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholining manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida e’lon qilgan. Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand bo‘lgan aholi manfaatlarini himoya qilish quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
3 Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat./T:, O’zbekiston, 2006. 4 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, 19-модда. – Т.: Ўзбекистон, 2008.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling