Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#215988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati

 

 

 

 

 

 

                                                 

9

  I.  A.  Karimov.  “Barkamol  avlod  –  O’zbekiston  taraqqiyoti  poydevori”.  Oliy  majlisning  ІX  sessiyasida 



so’zlagan nutqi. // “Xalq so’zi”. 1997 yil 29 avgust.

 

 




12 

 

2. Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari fondlar 



faoliyatining nazariy huquqiy asoslari 

Byudjetdan  tashqari

 

  fondlar  umumiy  davlat  moliyasining  tarkibiy  qismi 



hisoblanadi. Respublikamizda ayni paytda ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi, 

nafaqa  fondi  kabi  byudjetdan  tashqari  maxsus  ijtimoiy  jamgarmalar  mavjud.  

Bundan  tashqari  O‘zbekiston  Respublikasida  20  tadan  ortiq  ishlab  chiqarish 

bilan bog‘liq byudjetdan tashqari fondlar va jamg‘armalar mavjud.  Byudjetdan 

tashqari    fondlar  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga,  ijtimoiy  muhofaza 

tadbirlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga muhim omil bo‘ladi.



 

 Byudjetdan  tashqari  fondlar  -  bu  operativ  mustaqillik  asosida  davlat 

tomonidan  ayrim  turdagi  ijtimoiy  ehtiyojlarni  moliyalashtirish  va  moliyaviy 

resurslardan  foydalanish  formasidir.

               

Bajaradigan  vazifalariga  muvofiq 

byudjetdan  tashqari  fondlar  iqtisodiy  va  ijtimoiy  boshqarish  darajasiga  qarab  

davlat hamda mintaqaviy fondlarga bo‘linadi. 

 

    


Byudjetdan  tashqari  fondlar  yordamida,  korxonalar  ishlab  chiqarish 

jarayoniga  moliyalashtirish,  subsediyalash,  kreditlash  orqali  ta’sir  etish  maxsus 

yo‘naltirilgan  manbalar  va  jarimalar  orqali  tabiatni  muhofaza  etish  tadbirlarini 

belgilash  va  moliyalashtirish  kabi  chora-tadbirlari  amalga  oshiriladi.  

Byudjetdan  tashqari  fondlarning  faoliyatini  tashkil  etish-davlat  hokimiyat 

organlari - respublika va mahalliy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularni 

shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  tegishli  qonunchilik  asosida  tartibga 

solinadi.      

Byudjetdan  tashqari  fondlarni  shakllantirish  ularning  bajarilayotgan 

vazifalariga  va  faoliyat    xarakteriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Manbalar  va  ularning 

miqdorlari  muayyan  davrdagi  mamlakatning  iqtisodiy  va  moliyaviy  holatiga 

ta’sir ko‘rsatadi.  

Byudjetdan  tashqari  fondlarni  markaziy  davlat  hokimiyat  organlari, 

shuningdek  mahalliy  organlar  ham  tashkil  etishlari  mumkin.  Markazlashgan 

tartibdagi  byudjetdan  tashqari  fondlar  hududlaridagi  byudjetdan  tashqari 

fondlarga ma’lum miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish orqali tashkil etiladi.

 



13 

 

Mana  shu  asosda  Nafaqa  fondi,  Bandlik  fondi,  Ijtimoiy  sug‘urta  fondi,  Yo‘l 



fondlari tashkil etilgan.  

   Hududlar  miqyosida  esa  o‘zining  mahalliy  manbalari  hisobiga 

byudjetdan tashqari fondlari tashkil etilishi mumkin. 

 Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalarini  qisqacha  qilib  quyidagi 

chizmada ko‘rsatib o‘tamiz. 

                                                                                                                    

                                                                                                              2-rasm 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling