Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
Download 0,55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
Ijtimoiy himoya yo‘nalishlari
5
O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarining himoyalanishiga katta e’tibor beriladi. Chunki ular orasida ham yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron yoki qarovchisiz qolganlari mavjud. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va oilalar jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajratadi. Bunga yaqqol dalil sifatida nogiron bolalarga ajratilgan e’tiborni ko‘rsatish mumkin. Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya
5 T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya - 2010 Farzand tug’ilganligi uchun beriladigan suyunchi pullari Ishlamaydigan onalarga bola 2 yoshgacha parvarishlash uchun to;lanadigan nafaqa Stipendiyalar Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam Ijtomoiy himoya Ishlaydigan onalarga bola 2 yoshgacha parvarishlash uchun to;lanadigan nafaqa Homiladorlik va tug;ish uchun nafaqalar
8
yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi 6 . “Adolat” SDP jamiyat oldidagi o‘z javobgarligini va mas’uliyatini to‘liq his qilgan holda ijtimoiy himoya sohasida jamoat tashkilotlari bilan, ayniqsa, o‘zini o‘zi boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahalla bilan hamkorlik va sheriklikni mustahkamlashda, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishda davom etmoqda. Chunki ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish joylardagi mavjud holatdan yaxshi xabardor bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan yaqindan hamkorlik qilishni taqozo etadi. Bunda siyosiy partiyalarning asosi bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar rahbarlarining izchil faoliyatiga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Partiyaning ana shu bo‘g‘ini ijtimoiy himoyaning adolatli yo‘lga qo‘yilishida jamoatchilik nazoratchisi vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan mahalla tizimiga real yordam berishi mumkin.
Dunyoning global muammolari keskin tus olayotgan bir davrda ijtimoiy siyosat masalasi insoniyat taqdirida muhim rol o‘ynamoqda. Ana shunday bir sharoitda O‘zbekiston o‘zining tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va qadriyatlariga tayangan holda o‘zi tanlagan yo‘ldan sobitqadamlik, izchillik va bosqichma-bosqichlik tamoyillari asosida olg‘a intilmoqda. Respublikamiz Prezidentining «... men respublika Prezidenti sifatida odamlarning ocharchilikka duch kelishiga yo‘l qo‘ymayman. Davlat o‘z fuqarolarini muhofaza qilishga qodir bo‘lsagina davlat bo‘ladi. Bu borada boshqacha yo‘l yo‘q...» 7 , deya
ta’kidlashi O‘zbekistonda davlat siyosatining qanday yo‘nalishda olib borilayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishda davlat va hokimiyat tashkilotlari, keng jamoatchilik va fuqarolarning hamkorligi tubdan o‘zgardi. O‘zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy birligi bo‘lgan
6 Karimova D. O’zbekiston Respublikasida bola huquqlari kafolatlarining ayrim jihatlari//Toshkent islom universiteti Ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2009. - №4. – B.44 7 Karimov I. A. O’zbekistonning ktlajagi buyukligiga ishonchim komil!// o’zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, mafkura – T.: O’zbekiston, 1996. B. 156. 6.
9
mahalla orqali ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va boquvchisini yo‘qotganlarga maqsadli madad ko‘rsatish tizimi shakllantirildi. O‘zbekistonning Davlat byudjetida maxsus “Ijtimoiy himoya” bandi belgilangan bo‘lib, bu dunyo tajribasida yagona hisoblanadi. Chunki o‘zbek milliy qadriyatlarini bu kabi insonparvarliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlardan tashqari, hukumatimiz tomonidan har yili yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirishga qaratilgan maxsus qarorlar qabul qilinmoqda. Respublikadagi hokimiyat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, keng jamoatchilik va siyosiy partiyalar ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish jarayonida o‘zlarining amaliy takliflari, fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol qatnashishlari talab etiladi. Aholini ijtimoiy himoyalash nafaqat davlat va nodavlat tashkilotlar, balki har bir kishining insoniylik burchi va vazifasidir. O‘zbekistonda yangi jamiyat qurish, demokratik huquqiy davlat tuzish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish maqsadida o‘zimizga xos va mos yo‘l tanlangani bejizga emas. Bunda barcha harakatlarning dasturilamali bo‘lmish besh tamoyildan biri – aholining ijtimoiy himoyasini ta’min etgan holda bozor munosabatlariga bosqichma- bosqich o‘tish alohida ta’kidlangan. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, «O‘z-o‘zidan ravshanki, ijtimoiy himoya masalasi – bu faqat davlat va hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot va xayriya muassasalarining ishi bo‘lib qolmasligi lozim. «Ijtimoiy» degan so‘zning ko‘pchilikka, jamoatchilikka mansub degan ma’noni ifoda etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu o‘ta muhim masala jamiyatimizning, barchamizning burchimizga aylanishi darkor» 8 . 8 Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. // Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. – T.15. – T.: O’zbekiston, 2007. – B. 128-129
10
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimida maxsus himoya va ijtimoiy kafolatlardan ayniqsa mehnat layoqati cheklanganlar foydalanishlari lozim. Ijtimoiy sohadagi qonunchilik nafaqaxo‘rlarni, kasalmandlarni, ishsizlarni, yoshlarni va bolali ayollarni manfaatlarini kuchli himoya qiladi. Ijtimoiy sohalarni mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi tufayli aholining turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldi olindi, shuningdek, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi. Bugungi kunda aholining tarkibi respublikamizdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatmoqda va bu
sohadagi muammolarni o‘tkirlashtirmoqda. Bu esa ijtimoiy masalalarni, jumladan, ijtimoiy yordam, pensiya ta’minoti, maorif va sog‘liqni saqlash jarayonlarini isloh etishning ustivor yo‘nalishlar ekanligini belgilab bermoqda. O‘zbekiston Respublikasidagi bozor islohotlarining o‘ziga xos jihati ularning inson taraqqiyotiga qaratilganligidir. Hozirgi sharoitdagi ta’lim majmuini, kadrlar tayyorlash ko‘p darajali tizimini rivojlantirish, bu borada yangi kontseptsiyani ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyotda zarur siljishlarni amalga oshirishga, jumladan, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonni taraqqiy qildirish, uning iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarga doimiy moslashuvini ta’minlashni amalga oshirishga imkon beradi. Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan, ta’limda o‘tkazilayotgan islohotlarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlarni byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ularning homiylari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va ularni qaytarish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga va iste’dodli yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori 11
asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi. Mazkur dasturni amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani kafolatlash masalasini yechish, oliy
ta’limni butun choralar bilan takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bularning barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning muhimlaridan biri - ta’lim sohasini rivojlantirishdirki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qo‘ygan istiqbolli rejalar ta’lim xarajatlari o‘sishini xususiyatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda, lekin ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin” 9 . O‘tish davri dastlabki bosqichining moliyaviy oqibatlari ta’lim tizimini rivojlantirishga hali ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Yangi moliyaviy manbalar izlash, mavjud mablag‘lardan unumli foydalanish zaruriyati doimo dolzarb masala bo‘lib qoladi.
Download 0,55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling