Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari fondlar
9 I. A. Karimov. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori”. Oliy majlisning ІX sessiyasida so’zlagan nutqi. // “Xalq so’zi”. 1997 yil 29 avgust.
12
faoliyatining nazariy huquqiy asoslari Byudjetdan tashqari
fondlar umumiy davlat moliyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamizda ayni paytda ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi, nafaqa fondi kabi byudjetdan tashqari maxsus ijtimoiy jamgarmalar mavjud. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasida 20 tadan ortiq ishlab chiqarish bilan bog‘liq byudjetdan tashqari fondlar va jamg‘armalar mavjud. Byudjetdan tashqari fondlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ijtimoiy muhofaza tadbirlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga muhim omil bo‘ladi. Byudjetdan tashqari fondlar - bu operativ mustaqillik asosida davlat tomonidan ayrim turdagi ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirish va moliyaviy resurslardan foydalanish formasidir.
Bajaradigan vazifalariga muvofiq byudjetdan tashqari fondlar iqtisodiy va ijtimoiy boshqarish darajasiga qarab davlat hamda mintaqaviy fondlarga bo‘linadi.
Byudjetdan tashqari fondlar yordamida, korxonalar ishlab chiqarish jarayoniga moliyalashtirish, subsediyalash, kreditlash orqali ta’sir etish maxsus yo‘naltirilgan manbalar va jarimalar orqali tabiatni muhofaza etish tadbirlarini belgilash va moliyalashtirish kabi chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Byudjetdan tashqari fondlarning faoliyatini tashkil etish-davlat hokimiyat organlari - respublika va mahalliy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi. Byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish ularning bajarilayotgan vazifalariga va faoliyat xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Manbalar va ularning miqdorlari muayyan davrdagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari fondlarni markaziy davlat hokimiyat organlari, shuningdek mahalliy organlar ham tashkil etishlari mumkin. Markazlashgan tartibdagi byudjetdan tashqari fondlar hududlaridagi byudjetdan tashqari fondlarga ma’lum miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish orqali tashkil etiladi.
13
Mana shu asosda Nafaqa fondi, Bandlik fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi, Yo‘l fondlari tashkil etilgan. Hududlar miqyosida esa o‘zining mahalliy manbalari hisobiga byudjetdan tashqari fondlari tashkil etilishi mumkin. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini qisqacha qilib quyidagi chizmada ko‘rsatib o‘tamiz.
2-rasm
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling