Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini klassifikatsiyasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini klassifikatsiyasi
12
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat moliyasi tarkibidagi davlat byudjeti, davlatning maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti va korxonalar moliyasi ajratib ko‘rsatiladi. Davlat
12 T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya – 2010
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruriyatiga ko‘ra ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin
Ijtimoiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar Bularning tarkibiga Pensiya
jamg‘armasi, Bandlikni qo‘llab- quvvatlash Davlat jamg‘armasi, Maktab ta’limi jamg‘armasi, Majburiy tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi,Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Bularning tarkibiga Respublika Yo‘l
jamg‘armasi, Taraqqiyot va tiklanish zaxira jamg‘armasi 17
byudjeti davlat moliyasining eng yirik bo‘g‘ini bo‘lib, unda soliq tushumlarining asosiy qismi jamlanadi va bu tizim orqali davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlarini moliya bilan ta’minlash amalga oshiriladi. Ushbu tuzilmaga kiruvchi davlatning maqsadli jamg‘armalari ko‘p mamlakatlar amaliyotida ularning asosiy vazifasi ijtimoiy vazifalarni (mehnatga yaroqsizlarni ta’minlash, ishsizlarga yordam ko‘rsatish, hayotiy muhim xarajatlar yo‘nalishlarini moliya bilan ta’minlash) hal etishdan iborat. Davlatning ijtimoiy siyosati deganda aholining hayot kechirish darajasini shakllantirish, inson kapitalini qayta yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish, ularning bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash sohasida davlat tomonidan olib borilayotgan ichki siyosat yo‘nalishi nazarda tutiladi. Fuqarolarning asosiy insoniy huquqlari davlat ijtimoiy siyosati orqali ro‘yobga chiqariladi. Bunda davlat turli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish, moliyalashtirish normalarini belgilash, ijtimoiy-iqtisodiy andozalar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilish kabi vositalardan keng foydalanadi. Respublikamizda ijtimoiy muammolarni hal etish uchun davlat tomonidan kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi taqozo etiladi. Ijtimoiy siyosatning ahamiyati shundaki, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki ba’zi sabablarga ko‘ra ishlab, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qatlamlari ijtimoiy himoya qilish tizimi orqali qamrab olinadi. Masalan, mamlakatda kuchli va samarali pensiya tizimining shakllantirilishi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bartaraf qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda mustaqillik qaror topganidan keyingi yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muayyan ishlarning huquqiy poydevori barpo etiladi. “ Har kim qariganda, mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolganida, shuningdek, boquvchisidan judo bo‘lganida hamda qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda
18
ijtimoiy ta’minot olishga haqli” 13 , degan qoidaga muvofiq qonunlarimizda fuqarolarimizni hilma-hil shakldagi ijtimoiy himoyalash kafolatlab qo‘yildi. “Hozirgi kunda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga byudjetdan tashqari manbalardan mablag‘larning jalb etilishi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati tufayli kelib chiqmagan, balki u umumjahon tajribalariga asoslanadi. Shu munosabat bilan davlat bozor talablari asosida, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish jarayonida mazkur sohaga resurslar qo‘yish mas’uliyatini o‘z zimmasida saqlagan holda, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda sheriklikka intiladi” 14 .
Moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya tizimi sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash va bosh yo‘nalishga ega bo‘lgan
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iborat. Respublikamizda aholining har qanday qatlamini turli shakldagi ijtimoiy himoya bilan ta’minlashda, davlatning ijtimoiy siyosat olib borishida hamda ijtimoiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda doimo muayyan miqdordagi pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish taqozo etiladi. Aholini ijtimoiy himoyalashning samarali tizimi himoyaga bevosita muhtoj fuqarolar toifasigagina emas, balki iqtisodiyotni eng yuqori darajada rivojlantirish, jamiyatning mehnatga yaroqli har bir a’zosining mehnatini rag‘batlantirish , u ishlab pul topishni istaydigan va topa oladigan sharoit yaratishga ham
mo‘ljallangan. Ya’ni, barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi-insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iboratdir. Bu vazifalarning ijobiy hal etilishi aynan davlat maqsadli jamg‘armalari rivojiga va taraqqiyotiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatiga ko‘ra aholining mehnatga qobiliyatsiz tabaqalarini, aniq
13
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 1992. 39-modda. 14 Qosimova G. A. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi: holati. Tarkibi va isloh etish yo’nalishlari. Ilmiy ishlar to’plami. Toshkent. 2007. №1. -38b.
19
sabablarga ko‘ra mehnat faoliyati yurita olmaydigan, belgilangan miqdordan kam daromad oladigan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning yaxlit tizimi yaratildi, bu esa eng muhim ehtiyojlarni ta’minlashda ijtimoiy yordam yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Davlat byudjeti tarkibidagi maqsadli ijtimoiy jamg‘armalarga O‘zbekiston Respublikasining Pensiya
jamg‘armasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi kiradi. Ma’lumki, aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan biri pensionerlardir. Pensiya ta’minotining ijtimoiy nuqtai nazardan muhimligi uning xozirgi kunda respublikamiz fuqarolarining iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlarni moliyalashtirish va ziddiyatlarni hal qilishda hamda iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda Pensiya jamg‘armasi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, inson manfaatlarini ko‘zlaydi. Butun islohotlar jarayonida respublikamizda aholining ijtimoiy muhofazasi va uni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va erkinliklarining qonunchilik hamda huquqiy asoslarini shakllantirish hamda amalga oshirish masalalariga juda katta ahamiyat berildi. Davlat pensiya ta’minotining moliyaviy muammolari esa ko‘p jihatdan Respublikamizning Pensiya fondi taraqqiyotiga bog‘liq. Pensiya tizimi kasallik, keksalik, baxtsiz hodisa tufayli mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotish holatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy himoyadir. O‘zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat qurish kabi maqsadli vazifa qo‘yilar ekan, bunda davlatning maqsadli jamg‘armalaridan Pensiya fondining hozirgi faoliyati holatini hamda istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishimiz talab etiladi. Pensiya tizimining asosiy vazifasi inson ehtiyojini hamda uning keksalik chog‘ida himoyalanishga bo‘lgan talabini qondirishdir degan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ish haqi jamiyatning ko‘pchilik a’zolari uchun
20
asosiy tirikchilik manbaiga aylanishi bilan ijtimoiy himoyasizlikning alohida turi, ya’ni ish haqidan mahrum bo‘lish tufayli moddiy ta’minlanmaganlik xavfi vujudga keladi. Bu ijtimoiy xavf-xatar ommaviy bo‘ladi, asosan ijtimoiy shart- sharoitlar bilan belgilanadigan va alohida kishiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy xarakter kasb etadi. Pensiya ta’minoti tizimi oldida uchta muhim maqsad turadi: fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash; mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to‘-lanadigan ish haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miq-dordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash; kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmush darajasini yaxshilashdan iborat. Respublikamizda pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘plashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 444-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq, 2001 yil 1yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi. Byudjetdan tashqari pensiya fondining daromadlari va xarajatlari har yili jamlangan byudjetning tarkibiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va
Davlat Coliq
qo‘mitasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasiga yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1-maydagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunida aholining ish bilan ta’minlash sohasidagi
21
davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi” davlat jamg‘armasi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholining bandlik davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun tashkil qilingan. Bu jamg‘armani tashkil etish zaruriyati, mamlakatimizda ishsizlarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan
ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda shahar (tuman) Bandlikka ko‘maklashish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatishida mablag‘ bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan. O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatida ham,
aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ham ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosatini davlat byudjetidan moliyalashtirish dunyodagi ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangan. Ammo bu tajribalarni ko‘pchiligi O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatining chora-tadbirlariga mos holda takomillashtirilmoqda. Ish bilan bandlikning to‘rt jihatini hisobga olish kerak bo‘ladi: ish bilan bandlik insonning konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi – mehnat huquqi bilan mustahkam bog‘liqligidir; ish bilan bandlik hozirgi kunda mehnat faolligini oshirish, mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ularning oilalarini turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir; har kimning va jamiyat farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli mehnatni shakllantirilishidir; Mehnat faoliyati insonni o‘zgartirishi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib berishi va ko‘paytirishi hamda shaxsning rivojlanishini rag‘batlantirilishidir. 22
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojining hamma jabhalarini, shu jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida odimlamokda. Chunki, chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi navbatda, kadrlar potentsialiga, ularning kasb tayyorgarligiga bog‘lik. Bu esa butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.
4-rasm
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling