Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
35
Ushbu kurs ishimning xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan natijalariga asoslangan holda shuni ta’kidlash lozimki, davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha islohotlarning samarali olib borilayotganligi Respublikamizda istiqomat qilayotgan barcha aholining farovon hayot kechirishi uchun bir qancha qulay shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Bu ishlarning amalga oshishida muxtaram yurtboshimiz I. A. Karimovning naqadar oqilona siyosat olib borayotganligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Aholining har bir a’zosini turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimizning ijtimoiy siyosatini ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu ma’noda, aholi muhofazasini ta’minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish, uning oila va jamiyatdagi o‘rni hamda nufuzini ko‘tarishga qaratilgan. Jamiyatning insonparvarligi mamlakat iqtisodiy salohiyatining qanchalik yuksakligi bilangina emas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va har tomonlama rivojlanishi uchun yo‘naltirilgani bilan ham baholanadi. Jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, avvalo, inson turishi kerakligi ta’kidlanadi. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish va manzilli yordamlarni kuchaytirishga quyidagilar hisobiga erishish rejalashtirilgan: - amal qilayotgan imtiyozlar va nafaqa to‘lovlari tizimini tartibga solish, manzilli xarakterga ega bo‘lmagan imtiyozlarni, avvalambor, bosqichma- bosqich ayrim professional guruhlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni
36
kamaytirish va shuning hisobiga ko‘proq ehtiyoj sezayotgan oilalarga imtiyozlar hajmini oshirish; - joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablag‘larni ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish; - o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlari to‘lashni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish; - aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi; - ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish. - va boshqalar. O‘zbekiston hukumati o‘z zimmasiga mamlakatimizda kam ta’minlangan toifa miqdorini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining yanada rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari borasida ma’lum bir majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali ko‘maklashishga hozirligini izhor etadi. Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuksak iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling