Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#215988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati

Ijtimoiy himoya yo‘nalishlari

5

 

 

 



 

                           

O‘zbekiston  Respublikasida  bolalar  huquqlarining  himoyalanishiga    katta 

e’tibor beriladi. Chunki ular orasida ham yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, 

nogiron  yoki  qarovchisiz  qolganlari  mavjud.  Davlat  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj 

bolalar  va  oilalar  jamiyat  hayotida  faol  ishtirok  etishini  ta’minlash  uchun 

ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab 

chiqish tashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajratadi. Bunga yaqqol dalil 

sifatida  nogiron  bolalarga  ajratilgan  e’tiborni  ko‘rsatish  mumkin.  Nogiron 

bolalar  tibbiy-ijtimoiy  yordam  olish  huquqiga  ega  bo‘lib,  bu  profilaktika, 

davolash-tashxis  qo‘yish,  reabilitatsiya,  sanatoriy-kurort,  protez-ortopediya 

                                                 

5

 T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya - 2010 



Farzand tug’ilganligi 

uchun beriladigan 

suyunchi pullari 

Ishlamaydigan 

onalarga bola 2 

yoshgacha 

parvarishlash uchun 

to;lanadigan nafaqa 

Stipendiyalar 

Kam ta’minlangan oilalar 

uchun moddiy yordam 

Ijtomoiy     

himoya 

Ishlaydigan onalarga 

bola 2 yoshgacha 

parvarishlash uchun 

to;lanadigan nafaqa 

Homiladorlik va tug;ish 

uchun nafaqalar 



 

yordamini,  harakatlanish  vositalari  bilan  imtiyozli  shartlarda  ta’minlanishni  va 



boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi

6



“Adolat”  SDP  jamiyat  oldidagi  o‘z  javobgarligini  va    mas’uliyatini  to‘liq 

his  qilgan  holda  ijtimoiy  himoya  sohasida  jamoat  tashkilotlari  bilan,  ayniqsa, 

o‘zini  o‘zi  boshqarishning  noyob  instituti  bo‘lgan  mahalla  bilan  hamkorlik  va 

sheriklikni  mustahkamlashda,  boshlang‘ich  partiya  tashkilotlari  faoliyatini 

kuchaytirishda  davom  etmoqda.  Chunki  ijtimoiy  himoya  tizimini  yanada 

kuchaytirish  joylardagi  mavjud  holatdan  yaxshi  xabardor  bo‘lgan  mahalla 

fuqarolar  yig‘inlari  bilan  yaqindan  hamkorlik  qilishni  taqozo  etadi.  Bunda 

siyosiy  partiyalarning  asosi  bo‘lgan  boshlang‘ich  tashkilotlar  rahbarlarining 

izchil  faoliyatiga  ko‘p  narsa  bog‘liq  bo‘ladi.  Partiyaning  ana  shu  bo‘g‘ini 

ijtimoiy  himoyaning  adolatli  yo‘lga  qo‘yilishida  jamoatchilik  nazoratchisi 

vazifasini  o‘tashi  mumkin  bo‘lgan  mahalla  tizimiga  real  yordam  berishi 

mumkin. 


Dunyoning  global  muammolari  keskin  tus  olayotgan  bir  davrda  ijtimoiy 

siyosat  masalasi  insoniyat  taqdirida    muhim  rol  o‘ynamoqda. Ana  shunday  bir 

sharoitda  O‘zbekiston  o‘zining  tarixiy  an’analariga,  urf-odatlariga  va 

qadriyatlariga  tayangan  holda  o‘zi  tanlagan  yo‘ldan  sobitqadamlik,  izchillik  va 

bosqichma-bosqichlik  tamoyillari  asosida  olg‘a  intilmoqda.    Respublikamiz 

Prezidentining «... men respublika Prezidenti sifatida odamlarning ocharchilikka 

duch  kelishiga  yo‘l  qo‘ymayman.  Davlat  o‘z  fuqarolarini  muhofaza  qilishga 

qodir  bo‘lsagina  davlat  bo‘ladi.  Bu  borada  boshqacha  yo‘l  yo‘q...»

7

,  deya 


ta’kidlashi  O‘zbekistonda  davlat  siyosatining  qanday  yo‘nalishda  olib 

borilayotganini yaqqol ko‘rsatadi. 

 Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishda davlat va 

hokimiyat  tashkilotlari,  keng  jamoatchilik  va  fuqarolarning  hamkorligi  tubdan 

o‘zgardi.  O‘zbek  xalqining  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma’muriy  birligi  bo‘lgan 

                                                 

6

 Karimova D.  O’zbekiston Respublikasida bola huquqlari kafolatlarining ayrim jihatlari//Toshkent islom 



universiteti Ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2009. - №4. – B.44 

7

 Karimov I. A. O’zbekistonning ktlajagi buyukligiga ishonchim komil!// o’zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, 



mafkura – T.: O’zbekiston, 1996. B. 156.

6.

 




 

mahalla orqali ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va boquvchisini 



yo‘qotganlarga maqsadli madad ko‘rsatish tizimi shakllantirildi. 

O‘zbekistonning  Davlat  byudjetida  maxsus  “Ijtimoiy  himoya”  bandi 

belgilangan  bo‘lib,  bu  dunyo  tajribasida  yagona  hisoblanadi.  Chunki  o‘zbek 

milliy  qadriyatlarini  bu  kabi  insonparvarliksiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi. 

Byudjetda  ko‘zda  tutilgan  xarajatlardan  tashqari,  hukumatimiz  tomonidan  har 

yili yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va 

ularga  ijtimoiy  xizmat  ko‘rsatishni  yanada  kuchaytirishga  qaratilgan  maxsus 

qarorlar qabul qilinmoqda. 

 Respublikadagi  hokimiyat  idoralari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari, 

mahalla,  xotin-qizlar  va  yoshlar  tashkilotlari,  keng  jamoatchilik  va  siyosiy 

partiyalar  ijtimoiy  himoya  siyosatini  amalga  oshirish  jarayonida  o‘zlarining 

amaliy  takliflari,  fikr-mulohazalari  va  tashabbuslari  bilan  faol  qatnashishlari 

talab etiladi.     

Aholini  ijtimoiy  himoyalash  nafaqat  davlat  va  nodavlat  tashkilotlar,  balki 

har bir kishining insoniylik burchi va vazifasidir.  O‘zbekistonda yangi jamiyat 

qurish,  demokratik  huquqiy  davlat  tuzish,  iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga 

o‘tkazish maqsadida o‘zimizga xos va mos yo‘l tanlangani bejizga emas. Bunda 

barcha  harakatlarning  dasturilamali  bo‘lmish  besh  tamoyildan  biri  –  aholining 

ijtimoiy  himoyasini  ta’min  etgan  holda  bozor  munosabatlariga  bosqichma-

bosqich o‘tish alohida ta’kidlangan. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, 

«O‘z-o‘zidan  ravshanki,  ijtimoiy  himoya  masalasi  –  bu  faqat  davlat  va 

hokimiyat  tashkilotlari,    ijtimoiy  ta’minot  va    xayriya  muassasalarining  ishi 

bo‘lib qolmasligi lozim. «Ijtimoiy» degan so‘zning ko‘pchilikka, jamoatchilikka 

mansub degan ma’noni ifoda etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu o‘ta muhim 

masala jamiyatimizning, barchamizning burchimizga aylanishi darkor»

8

.  



                                                 

8    Karimov  I.A.  Inson  manfaatlarini  ta’minlash,  ijtimoiy  himoya  tizimini  takomillashtirish  –  ustuvor 

vazifamizdir.  //  Jamiyatimizni  erkinlashtirish,  islohotlarni  chuqurlashtirish,  ma’naviyatimizni  yuksaltirish  va 

xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. – T.15. – T.: O’zbekiston, 

2007. – B. 128-129  

 



10 

 

Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  tizimida  maxsus  himoya  va 



ijtimoiy  kafolatlardan  ayniqsa  mehnat  layoqati  cheklanganlar  foydalanishlari 

lozim.  Ijtimoiy  sohadagi  qonunchilik  nafaqaxo‘rlarni,  kasalmandlarni, 

ishsizlarni,  yoshlarni  va  bolali  ayollarni  manfaatlarini  kuchli  himoya  qiladi. 

Ijtimoiy  sohalarni  mustahkamlash  yuzasidan  zarur  chora-tadbirlar  ko‘rilishi 

tufayli  aholining  turmush  darajasi  keskin  pasayib  ketishining  oldi  olindi, 

shuningdek, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.   

 Bugungi  kunda  aholining  tarkibi  respublikamizdagi  barcha  ijtimoiy 

jarayonlarga 

ta’sir 

ko‘rsatmoqda 

va 

bu 


sohadagi 

muammolarni 

o‘tkirlashtirmoqda.  Bu  esa  ijtimoiy  masalalarni,  jumladan,  ijtimoiy  yordam, 

pensiya  ta’minoti,  maorif  va  sog‘liqni  saqlash  jarayonlarini  isloh  etishning 

ustivor yo‘nalishlar ekanligini belgilab bermoqda.                                                                             

O‘zbekiston  Respublikasidagi  bozor  islohotlarining  o‘ziga  xos  jihati 

ularning  inson  taraqqiyotiga  qaratilganligidir.  Hozirgi  sharoitdagi  ta’lim 

majmuini,  kadrlar  tayyorlash  ko‘p  darajali  tizimini  rivojlantirish,  bu  borada 

yangi  kontseptsiyani  ro‘yobga  chiqarish,  iqtisodiyotda  zarur  siljishlarni  amalga 

oshirishga, jumladan, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonni taraqqiy qildirish, 

uning  iqtisodiyotdagi  va  ijtimoiy  sohadagi  o‘zgarishlarga  doimiy  moslashuvini 

ta’minlashni amalga oshirishga imkon beradi. 

Mazkur  kontseptsiyada  O‘zbekiston  Respublikasida  uzluksiz  ta’limni 

mablag‘  bilan  ta’minlashning  turli  yo‘llari  taklif  etilgan,  ta’limda 

o‘tkazilayotgan  islohotlarni  moliyaviy  ta’minlash  tizimini  takomillashtirish 

muammolarini  hal  qilish  ham  nazarda  tutilgan.  Bu  yo‘nalishda  xarajatlarni 

byudjet  korxonalari  va  tashkilotlari  ,  talabalar  va  ularning  homiylari  o‘rtasida 

taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va 

ularni  qaytarish,  kam  ta’minlangan  oilalarning  farzandlariga  va  iste’dodli 

yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida 

to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori 




11 

 

asosida  ta’lim  kreditlari  berish  2001-2002  o‘quv  yilidan  boshlab  amaliyotga 



joriy etildi.  

Mazkur  dasturni  amalga  oshirishning  zaminida  ijtimoiy  himoyani 

kafolatlash 

masalasini 

yechish, 

oliy 


ta’limni  butun  choralar  bilan 

takomillashtirish,  mazkur  tizimni  yangi  tarixiy  sharoitlarda  yangicha  talablar 

asosida  qayta  qurollantirish  vazifasi  ko‘ndalang  qo‘yilmoqda.  Bularning 

barchasi  ta’lim  tizimida  keskin  burilish  yasash,  kelajakda  mamlakatni  kuchli 

bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. 

Ijtimoiy-madaniy  tadbirlarning  muhimlaridan  biri  -  ta’lim  sohasini 

rivojlantirishdirki,  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni  va 

“Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”  qo‘ygan  istiqbolli  rejalar  ta’lim  xarajatlari 

o‘sishini xususiyatlaydi.   

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq 

ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda 

katta  kuch,  mablag‘  va  imkoniyat  talab  qilmoqda,  lekin  ham  iqtisod,  ham 

siyosat,  ham  ma’naviyat  nuqtai  nazaridan  bu  sarf-xarajatlarga  nazar  tashlasak, 

undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin” 

9

.                                                                                                         



O‘tish  davri  dastlabki  bosqichining  moliyaviy  oqibatlari  ta’lim  tizimini 

rivojlantirishga hali ham ta’sir ko‘rsatmoqda.  Yangi moliyaviy manbalar izlash, 

mavjud  mablag‘lardan  unumli  foydalanish  zaruriyati  doimo  dolzarb  masala 

bo‘lib qoladi.  

 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling