Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 3
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning kuchli tomonlaridan biri
uning ijtimoiy yo‘naltirilganligidir. Hukumatimiz Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohotlarning aholini hususan, uning ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo‘ldan bormoqda. Ijtimoiy muhofaza tizimini takomillashtirish hozirgi sharoitda eng dolzarb masalalardan biridir. Chunki mamlakatimizda olib borilayotgan barcha isloxotlar va tadbirlar inson uchundir. Shuning uchun mamlakatimizda aholining kam ta’minlangan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan qismini, ishsizlar, nogironlar, yosh bolalar, talabalar, qariyalar, boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsad qilib qo‘yilmoqda. Ijtimoiy himoya tizimi mustaqillik davrida o‘ziga xos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o‘zlikni anglash, e’tiqod va an’analarning tiklanishi tizimiga muhim yangilik bo‘lib qo‘shildi. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga moddiy yordam, nafaqalar va boshqa imtiyozlar berishdan iborat. Aholining eng kam himoyalangan va muhtoj tabaqalarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash xalq farovonligi, insonparvarligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohatlar muvaffaqiyati garovidir. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq yurtboshimiz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini davlat tomonidan muhofaza qilish masalasini kechiktirib bo‘lmaydigan, ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab berdilar. Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari maqsadli pul fondlarining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga byudjetdan tashqari fondlardan ham foydalaniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ishlovchilar, korxonalar, davlat va jamiyat manfaatining yangi munosabatiga xos ijtimoiy himoyaning shakl va 4
mexanizmlarini yaratish zarurati kelib chiqdi. Davlat bu jamg‘armalarning mablag‘lari bilan ishlab chiqarish jarayoniga aralashadi, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi. Ijtimoiy siyosat chora- tadbirlarini moliyaviy ta’minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilishi bilan bir qatorda jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarur. Chunki, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush farovonligini yaxshilashdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning hamma ishlarimizda – bu iqtisodiy siyosatimizni shakllantirish masalasi yoki iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etish bo‘ladimi, ijtimoiy soha tizimida ertangi va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘ladimi – bularning barchasida biz uchun faqat bitta masala eng ustun va hal qiluvchi o‘rinda turadi. U ham bo‘lsa, inson manfaatlarining ustuvorligidir. Xalqimizning turmush darajasi va hayot sifatini izchil va bosqichma-bosqich yuksaltirib borish bo‘yicha bizning asosiy maqsadimiz ham ana shundan iborat» 1 . 1 Karimov I. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasi majlisidagi ma’ruzasi // Xakq so’zi. 2008. Fevral.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling