Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish
16 I. A. Karimov. “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori”. Oliy majlisning IX sessiyasida so’zlagan nutqi. // “Xalq so’zi”. 1997 yil 29 avgust. 25
yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi Ma’lumki, ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tushunchalari bir- biridan farq qiladi. Ijtimoiy himoya fuqarolarning nafaqat ijtimoiy ta’minotini, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va bandlik masalalari, sog‘liqni saqlash va atrof-muhim salomatligini ta’minlash, ish haqi to‘lashining minimal kafolatlari va inson hayot va faoliyatini ta’minlaydigan boshqa huquqiy kafolatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ijtimoiy himoya va uning ilmiy talqini mazkur tushunchaga nisbatan yondoshuv va o‘ziga xos ta’limotlarni yuzaga keltirdi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishning o‘ziga xos shakl va vositalari tizimlari tarkib topgan bo‘lib, ular o‘zaro qo‘shilgani holda ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy himoyalashga oid bo‘lgan o‘ziga xos modellarni tashkil qiladi. Bunday ijtimoiy himoya modellarining o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar doirasini belgilanishidagi, ijtimoiy himoya turlari va shakllaridagi, yordam ko‘rsatishning moliyaviy manbalaridagi va boshqa jihatlaridagi o‘ziga xoslikda ifodalanadi. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida “Beveridje” modeli deb nomlanuvchi ijtimoiy himoyalash tizimi, Titmuss tomonidan “yutuqlar” modeli deb nomlanuvchi ijtimoiy himoya modeli mavjud. Xorijiy sotsiolog olimlarining talqini bo‘yicha ijtimoiy himoya ta’limotlari orasida dunyoda eng keng tarqalgani Esping-Andersen ta’limoti bo‘lib, u ijtimoiy himoyaning 3 ta asosiy modelini taklif etgan: liberal, korporativ va sotsial-demokratik model. AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan liberal model xususiy mulk va nodavlat sektorining ta’siri va bozor munosabatlarining rivojlanishi jarayonlari bilan hamohangdir. Davlatning bozor munosabatlariga ma’muriy-huquqiy ta’sir mexanizmlarining kamaytirilishi, asosan makroiqtisodiyot sektorini boshqarishi va mamlakat yalpi ichki 26
mahsulotini ishlab chiqarishdagi ulushining kamligi bilan xarakterlanadigan mazkur modelda fuqarolarning ijtimoiy himoyasi takomillashgan sug‘urta tizimlari hamda davlatning minimal ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashi orqali amalga oshiriladi. Qoida tariqasida, ijtimoiy sug‘urta hisobidan beriladigan to‘lovlar miqdori unchalik katta bo‘lmaydi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobiga shakllantirilib, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan transfert to‘lovlar, ya’ni aholining muayyan kam ta’minlangan va ehtiyojmand toifasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nafaqalar va subsidiyalar miqdorlari ham kam bo‘ladi. Moddiy yordam faqatgina manzilli va aniq yo‘naltirilgan tarzda amalga oshiriladi. Korporativ (konservativ) model
ijtimoy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun xarakterli. Kontinental Yevropa davlatlari - Avstriya, Germaniya, Italiya, Frantsiyada mazkur model rivojanlangan bo‘lib, bunda: davlatning ijtimoiy sohaga aloqasi va ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag‘lar miqdori xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy sug‘urta badallari hajmiga teng bo‘ladi, mablag‘larni taqsimlashning asosiy yo‘nalishlari davlat nazorati ostida bo‘ladi. Shu bilan birga davlat fuqarolarga moddiy yordamni ko‘rsatishda nodavlat sug‘urta tizimlariga topshirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar miqdori xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladigan badallari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Sotsial-demokratik modelda aholi ijtimoiy himoyasida davlat yetakchi o‘rinni egallaydi. Bunda davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib aholi daromadlarini mo‘tadillashtirish va umumiy bandlik darajasini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur model asosan Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya va Shveytsariya kabi mamlakatlarda keng rivojlangan. Ijtimoiy sohani moliyalashtirish manbai asosan soliqlar hisobiga qo‘llab-quvvatlanadigan iqtisodiyotning davlat sektori hisoblanadi. Dunyoda ijtimoiy himoyaning rivojlangan va namunali modeli sifatida Shvetsiya tajribasi tan olingan. 27
Yuqorida qayd etilgan uch model jahonning biron-bir mamlakatida sof holda uchramaydi. Ijtimoiy davlatning «ideal tiplari» sifatida qaraladigan bu modellarning har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga egadir. Amalda liberal, korporativ va sotsial-demokratik modellar unsurlarining muayyan uyg‘unligi ko‘p kuzatiladi. Masalan, Kanadada sug‘urta pensiyasi bilan bir qatorda «xalq pensiyasi» ham mavjuddir. Shunga o‘xshash pensiya Avstraliyada ham joriy etilgan. AQShda ijtimoiy sug‘urta kassalaridan tashqarida to‘lanadigan juda ko‘p nafaqalar mavjud. Bu yerda moddiy yordam ko‘rsatishning 100 ga yaqin dasturlari amal qiladi. Ularning aksariyat qismi besh federal vazirlik (sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, qishloq xo‘jalik vazirligi, mehnat vazirligi, uy-joy qurilishi va shaharni rivojlantirish vazirligi, ichki ishlar vazirligi), shuningdek iqtisodiy imkoniyatlar bo‘yicha qo‘mita, faxriylar ishlari boshqarmasi, Temiryo‘lchilar pensiya ta’minoti kengashi va Noharbiy xizmat komissiyasi homiyligida amalga oshiriladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga ega bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda minimal daromad yoki tirikchilik kechirishning eng kam miqdorlari haqidagi qonunlar qabul qilingan. Masalan, Daniyada 1933 yilda, Buyuk Britaniyada — 1948 yilda, Germaniyada 1961 yilda, Gollandiyada 1963 yilda, Belgiyada 1974 yilda, Irlandiyada 1977 yilda, Shvetsiyada 1982 yilda, Lyuksemburgda 1986 yilda, Frantsiyada 1988 yillarda bunaqa qonunlar qabul qilingan. Unga muvofiq beriladigan nafaqalar barcha muxtoj fuqarolarga taalluqli. Asosiy shart – jami daromad hajmi muayyan miqdordan oshiqcha bo‘lishi kerak emas. Ko‘pincha, jami daromad tarkibiga bolalar uchun nafaqalar, aayrim davlatlarda esa aliment yoki turar-joy kompensatsiya to‘lovlari ham kiritilmaydi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida eng kam oylik ish haqi va iste’mol tovarlari miqdoridan kelib chiqib, uni indeksatsiyalash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan. Ayrim davlatlar – AQSh,
Kanada, Frantsiya, Shveytsariyada esa
indeksatsiya barcha
mehnatkashlar qatlamini emas, balki yollanma ishchilarning muayyan bir 28
qismini qamrab oladi. Hozirgi kunda ko‘pchilik Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida oila daromadlarini oshirishga qaratilgan dasturlar kuchga kirganligi bilan bu tadbirlar nafaqat davlat, shuningdek mahalliy ahamiyatga molik masalalar sifatida ko‘rilayotganligi e’tiborga loyiqdir. 1970 yilga qadar Daniyada oilalarga nafaqa berilmagan. Mazkur yildan boshlab esa ularning joriy qilinishi ijtimoiy himoyaning bir turi sifatida qabul qilindi. 1987 yilning 1 iyulidan boshlab esa bolalarga beriladigan nafaqalar ijtimoiy himoya bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Ijtimoiy masalalar Vazirligi vakolatidan milliy soliq xizmatiga o‘tkazilgan. Umuman olganda, ijtimoiy soha butun dunyoda jahon jamoatchiligining nigohidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. 1966 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt” fuqarolarning ijtimoiy sohadagi ehtiyojlarini xalqaro- huquqiy jihatdan tartibga solishda muhim hujjat bo‘ldi. Pakt ijrosini ta’minlash uni ratifikatsiya qilgan davlatlar uchun majburiy sanaladi. Yevropa Ittifoqi davlatlarida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda 1989 yildagi “Yevropa sotsial Xartiyasi” katta ahamiyatga ega. Xartiya qoidalari 3 may 1995 yilda yangi tahrirda ishlab chiqildi. Unda ham band aholi sifatida, ham ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘la turib, fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan asosiy huquqlari qayd etilgan. Xartiya unga qo‘shilgan davlatlarga o‘z fuqarolarining chet eldagi ijtimoiy ta’minotini kafolatlash bilan bog‘liq ikki tomonlama shartnomalarni tuzishga huquqiy shart- sharoit yaratdi. Xususan, yangilanish va o‘zgarishlar jarayonining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunchiligimizda xalqaro normalarning o‘z ifodasini topib borayotganligi ijobiy natijalar berib, bu hol milliy qonunchiligimizning xalqaro huquqiy hujjatlarga monandligini ta’minlamoqda. Ijtimoiy adolat va fuqarolarning ijtimoiy sohadagi huquq va manfaatlarini dunyo miqyosida himoyalash siyosatini BMTning ixtisoslashgan tashkiloti – Xalqaro Mehnat Tashkiloti amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa, ijtimoiy himoya 29
sohasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bugungi kunda 13 ta konventsiya va tavsiyalar imzolangan, O‘zbekiston Respublikasi “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktni 1995 yilda ratifikatsiya qildi, Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli a’zosi va o‘z milliy qonunchiligida shuningdek chet el fuqarolarining, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham ijtimoiy himoyasi va ta’minotidan foydalanish huquqlarini kafolatlab qo‘ygan. Masalan, 1993 yilda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1- moddasidayoq quyidagicha keltirilgan: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, basharti, davlatlararo bitimlar (shartnomalar)da o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu kabi qoidalar nafaqa ta’minotiga oid qonunchilikda bevosita ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18- moddasiga analogiya qilgan holda bu huquq chet el fuqarolariga ham tegishli ekanligini tushunish qiyin emas. Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti bilan bog‘liq nafaqat BMT yoki XMT hujjatlariga, shuningdek MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarga ham qo‘shilgan. Ijtimoiy himoya masalalarini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirishga oid xalqaro andozalar va yo‘l-yo‘riqlar, shuningdek, boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan xalqaro huquqiy hujjatlarda ham nazarda tutilgan 17 . 17 Кисилев И.Я. Сравнительное и международное трудовое право. Уч. пособ. – Дело, 1999. – 447-585- бетлар 30
Huquqshunos olim Y.Tursunovning qayd etishicha, MDH ramkasida keyingi yillar davomida mintaqaviy mehnat bozorini vujudga keltirish, mehnat resurslarini ayirboshlash, yagona qonunchilik bazasini yaratish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Ana shu maqsadlarda mintaqaviy migratsiya jarayonlari hamda migrant mehnatkashlar huquqlarini himoya qilishga taalluqli hujjatlar qabul qilindi. Masalan, 1992 yil 13 martdagi “MDH mamlakatlari fuqarolarining pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Bitim”, 1994 yildagi “Mehnat migratsiyasi va migrant mehnatkashlar ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Bitimlarga qo‘shilgan. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Moldova, Gruziya va Ozarboyjon Respublikalari bilan ikki tomonlama bitimlarga ega. Bu bitimlarda boshqa davlat fuqarosiga o‘z fuqarosi bilan teng ravishda ijtimoiy ta’minot, shu jumladan pensiya olish huquqi ko‘zda tutilgan (Masalan, pensioner bir Respublikadan boshqasiga ko‘chib o‘tganda unga pensiya yangi turar-joyda oldingi turar-joydan pensiya to‘lash to‘xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab, biroq ro‘yxatdan o‘tgan yoki yashash guvohnomasini olgan oydan oldingi, ammo ko‘pi bilan 6 oyga tayinlanadi. Shartnoma tuzilmagan boshqa davlatlar hududidan ko‘chib kelgan fuqarolar uchun, agar ular ko‘chib kelganlaridan keyin ishlagan bo‘lsalar, pensiya miqdori ko‘chib kelgandan keyingi ish haqidan hisobanadi). Huquqshunos olim D.Ahmedov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston davlati yuqorida qayd etilgan xalqaro huquqiy hujjatlar talablarini bajarish yo‘lida izchil va muntazam siyosat yuritib kelmoqda. Bunda asosan quyidagi uch jihatga e’tibor qaratilgan: – birinchidan, aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta’minlashga oid bo‘lgan huquqiy tizim hamda qonunchilik bazasining xalqaro huquqiy andozalariga muvofiqligini ta’min etish; – ikkinchidan, aholi muhtoj tabaqalari ijtimoiy ehtiyojlarini, minimal darajada bo‘lsa-da, qondiradigan, ijtimoiy muhofazalash tadbirlarini samarali 31
amalga oshira oladigan davlat organlari tizimini, ularning samarali ish rejimini ta’minlay olish; – uchinchidan, ijtimoiy himoyalash sohasidagi ijtimoiy mezonlarning yaratilishi, bu mezonlarning ijtimoiy adolat, insonparvarlik printsiplariga to‘la mos bo‘lishiga erishish. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qayd etganidek: “O‘zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib bormoqda. Mamlakatning jahon xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir. Biz iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish tadbirlarini izchillik bilan amalga oshirmoqdamiz” 18 . Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bo‘lganidek, MDHning boshqa aksariyat mamlakatlari qonunchiligida, avvalo ularning Konstitutsiyalarida ham davlat xalqning farovonligini oshirish, hayot darajasini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini yo‘lga qo‘yish, har bir fuqaroning ijtimoiy ta’minot olish huquqlarini kafolatlab qo‘ygan. Davlatni ijtimoiy, iqtisodiyotini esa ijtimoiy yo‘naltirilgan degan tushunchalar bilan qabul qilish an’anaga aylanmoqda. Bunga odatda Sobiq ittifoq tanazzulidan keyingi yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar va ularning o‘tkirligi, kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy siyosat yuritish ehtiyojining mavjudligi bilan izohlanadi. MDH mamlakatlarining aksariyati uchun xos bo‘lgan xususiyat sifatida aholini ijtimoiy himoyalashning sug‘urta tizimlarini kengaytirish tamoyili rivoj topmoqda. Ittifoq davlatlari jumladan, Markaziy Osiyo va xususan O‘zbekiston Respublikasida, mustaqillikni mustahkamlash, yangi iqtisodiy tizimning shakllanishi ijtimoiy himoya qilish, xususan pensiya ta’minoti borasida bir qator
18 Каriмоv I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. Asarlar to’plami. 3-jild. – Т.: “O’zbekiston”, 1995, – 104-bet. 32
tadbirlarni amalga oshirish, pensiya va nafaqa ta’minoti tizimini takomillashtirib borishga bo‘lgan talabni kuchaytiradi. Davlat pensiya va nafaqa ta’minoti majburiy davlat ijtimoiy sug‘urta badallari hisobidan aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli to‘lovlar vositasida ko‘rsatiladigan yordamdir. Bu yordam ularning zarur turmush darajasini kafolatlaydi. Bu to‘lovlar ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. Bulardan tashqari jamoa ijtimoiy sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urta tizimlari ham mavjud. Jamoa sug‘urtasi, majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari to‘lov manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsiy sug‘urta esa ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi. Jahon tajribasi shuni kÿrsatmoqdaki, bozor iqtisodiyoti tizimi aholining kam ta’minlangan, nogiron, qarib qolganlar turmush darajasini yaxshilash va pasayishini oldini olish borasida doimiy ravishda ish olib borish va sug‘urta tizimlarini rivojlantirish zaruriyatini vujudga keltiradi. Aholi salmog‘ini qarishi bilan belgilanayotgan demografik vaziyatning o‘zgarishi ham (BMTning taxliliga ko‘ra 2040 yillarga borib pensionerlar salmog‘i mehnatga layoqatli aholi salmog‘iga nisbatan ikki barobar ortar ekan) xozirgi vaqtda ijtimoiy himoya va pensiya ta’minotiga va ularni islox qilishga jahon hamjamiyati tomonidan bo‘layotgan qiziqishning yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ixtiyoriy pensiya ta’minoti Rossiya pensiya tizimining uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi va nodavlat pensiya fondlarida pensiya jamg‘armalarini faqat ish beruvchilar yoki fuqarolarning qo‘shimcha ixtiyoriy badallari hisobidan shakllantirishni nazarda tutadi. U har xil shakllarda, jumladan: ayrim korxonalar va tashkilotlar, ishlab chiqarish tarmoqlarining pensiya tizimlari, o‘z foydasi yoki o‘z yaqinlarining foydasiga badallar kirituvchi ayrim fuqarolarning pensiya ta’minoti shaklida amalga oshiriladi. Shartlari qonunda belgilab qo‘yilgan davlat 33
majburiy pensiya ta’minotidan farqli ravishda, ixtiyoriy pensiya ta’minotining shartlari omonatchi bilan fond o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Nodavlat pensiya fondlarida mablag‘larni hozirgi vaqtda ishlayotgan fuqarolar ham, doimiy ravishda badallar kiritish uchun yetarli daromadga ega bo‘lgan fuqarolar ham jamg‘arib borishlari mumkin. Pensiya fondlari bir martalik tushumlarga ega mijozlarning ehtiyojlarini qondiruvchi variantlarni ham taklif etadi. MDH davlatlari pensiya ta’minoti tizimida o‘ziga xos muammolar ham mavjud. Kamida uch oylik pensiyalarni to‘lashni ta’minlovchi zaxira fondining yo‘qligi, majburiy pensiya badallari miqdorining nisbatan yuqoriligi, pensiya fondiga majburiy badallar to‘lashdan bosh tortish, tadbirkorlik faoliyati bilan band bo‘lgan yoki ishlash uchun boshqa mamlakatlarga jo‘nab ketuvchi shaxslarning majburiy badallar to‘lash tartibi va miqdorini belgilovchi qonun hujjatlarining yo‘qligi, pensiya fondi mablag‘larining ishlamagan shaxslarga (bolalikdan nogironlarga, 16 yoshgacha bo‘lgan nogironlarga, yolg‘iz qariya fuqarolarga) ijtimoiy nafaqa to‘lash tarzida sarflanishi kabilar shular jumlasidandir. Bu kabi muammolar Respublikamiz pensiya ta’minotiga ham yot emas. Ularni hal etish maqsadida aholining pensiya ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha kontsepsiyasini ishlab chiqib, tasdiqlash zarur. Unda pensiya sug‘urtasini davlat shakli bilan bir qatorda nodavlat shakllarini ham joriy etish zarur hamda «Nodavlat pensiya fondlari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish borasida ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanganligi barchamizga ma’lum. Mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ham insonga munosib turmush sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Bu istaklarni amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning o‘rni beqiyosdir. Shu munosabat bilan Prezidentimiz I. Karimov byudjetdan tashqari fondlarning rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda.
34
Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand bo‘lgan aholi qatlamini yashash sharoitini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, ta’lim sohasiga, sog‘liqni saqlash sohasiga katta e’tibor berish, moddiy tomondan mablag‘ bilan ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish aholini ijtimoiy himoya qilishda katta ahamiyatga egadir. Byudjetdan tashqari fondlarning rivojlantirilishi xorijiy davlatlar tajribalari hamda Respublikamizda amalga oshirilib kelinayotgan bir qancha islohotlarning samarali olib borilayotganligi mahsulidir.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling