Mavzu: apokarp mevalar va uning axamiyati


Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko’payishi


Download 0.9 Mb.
bet13/14
Sana25.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1396714
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-208 Apokarp mevalar va uning ahamiyati

Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko’payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko’payishi sporangiyda hosil bo’lgan sporalar vositasida bo’ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil rangdagi protonema hosil bo’ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo’lib, ustki qismida bargli poya hosil bo’ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo’lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o’simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum xujayrasi hosil bo’lsa, anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo’ladi. Spermatozidning tuxum xujayrasiga tushishi natijasida otalanib zagota hosil bo’ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo’lgan davr gametofit nasil deb nomlanadi.
Zigotaning rivojlanishidan jinsiz nasl hosil bo’lishi boshlanadi. Zigotaning o’sishi sporangiyni hosil bo’lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo’ladi. Quti-chaning ichida ko’p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - sporofit deyiladi.
Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko’payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o’simta hosil bo’ladi. SHakli yuraksimon ko’rinishda bo’lib, rizoid vositasida tuproqka birikadi. YAshil o’simtada anteridiy va arxegoniy hosil bo’ladi. Suv tomchisi mavjud bo’lganda spermatazoid tuxum xujayrasi-ni otalantirib zigotani hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo’ladi va uning rivojlanishidan ma’lum vaqtga yetgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo’ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy qatlami bilan o’ralgan bo’lib, uning ichida arxesporali to’qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo’lgan spora rivojlanib, yuraksimon o’simtani hosil qiladi.

XULOSA
Xullas, gullaydigan o'simliklarning generativ organi sifatida homilaning asosiy vazifalari urug'larni salbiy ta'sirlardan himoya qilish, urug'larning tarqalishini rag'batlantirish va hayotining dastlabki bosqichlarida ko'chatlarni ozuqa moddalari bilan ta'minlashdir.
Shuni ta‘kidlash kerakki, xususan O‘zbekiston sharoitida meva, sabzavot hosilini yig‘ishtirish, transportda tashi sh va saqlash masalalari hali chuqur o‘rganilmagan sabzavotchilik va mevac hilik sohalarida erishilgan fan yutuqlari va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari esa xo‘jaliklar o‘rtasida unchalik ko‘p tarqatilmayapti. Qo‘lda bajariladigan meva-sabzavotlarni saqlash usullari qimmatga tushadi va ishlab chiqarish sharoitla riga mos kelmaydi. Eskicha saqlash usullari hozirgi bozor iqtisodi talablariga ja vob bera olmay qoldi. Shu boisdan ko‘p miqdorda sabzavot va meva mah sulotlarini yaxshi saqlashga imkon beradigan yangi usullarni qidirib topish va ishlab chiqarish zarur. Yoz oylari jazirama issiq O‘zbekiston uchun bu mahsulotlarni saqlash rejimi ham, bo‘lakcharoq har xil turdagi omborlar, hosil yig‘ishtirish usullariham birmuncha boshqa bo‘lish kerak. Ma‘lumki, deyarli hamma sabzavotlarni bir necha soatdan 8-9 oygacha saqlab qo‘yiladi. Ammo, yangi mahsulot saqlangandan vaznining tabiiy ravishda kamayishin i atigi bir foizga tushurish-ning o‘zi o‘n minglab tonna mahsulotni tejash imkonini beradi. Shuning uchun sabzavot va meva etishtiradigan xo‘jaliklarning hamda mahsulot tayyorlash idoralari va saqlash manzillarining xodimlarida ana shu masalalarga jiddiy e‘tibor berilishi talab qilinadi, shundagina aholi etishti rilgan meva, uzum, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlaridan o‘z talabiga muvofiq ravishda to‘la baxramand bo‘lishi mumki n. Aholini meva va sabzavotlar bilan yil bo‘yi bir tekis ta‘minlab turish uc hun har qaysi ekinni, ekish muddatlarini navlar bo‘yicha rejalashtirilishi va mahsulot tasdiqlangan reja asosida etkazib turilishi lozim.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling