2.1.1-rasm. Quruq mevalar:
A-yong’oq; B-yong’oqcha; D-don; E-pistacha; F-murakkab yong’oqcha; G-hakalak (eman); H-qanotli; I-ikki qanotli; J-yertut murakkab yong’oqcha mevasi.
2.2.1-rasm. Ko’p urug’li quruq mevalar:
A-bargak; B-murakkab bargak; D-dukkak; E-qo’zoq; F-bo’g’imli qo’zoq; G-qo’zoqcha; H-I-J-ko’sak.
Ko‘sak meva - ikki yoki bir nechta meva barglarining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ko‘p urug‘li quruq meva. Ko‘sak mevalarning ochilish yo‘llari: teshikchalar yordamida (ko‘knorda Papaver); qopqoqchasi bilan (mingdevonada - Hyoscyamus); tishchalar yordamida (chinniguldoshlarda Caryophyllaceae); chanoqlar yordamida (g‘o‘za - Gossypium va bangidevona - Datura) bo‘ladi.
Yong‘oq va yong‘oqcha - meva qati qattiq yog‘ochlangan, bir urug‘li, ochilmaydigan quruq meva. Yong‘oqcha mevasi yong‘oqnikidan kichik bo‘ladi. Yong‘oq meva o‘rmon yong‘oq o‘simligida, yong‘oqcha mevasi esa hiloldoshlar oilasida mavjuddir.
Don - ikkita meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ochilmaydigan quruq meva. Meva qati urug‘ po‘sti bilan birikib o‘sgan. Ma’lumki, bug‘doy (Triticum), sholi (Oryza), suli (Avena), arpa (Hordeum) mevalari don hisoblanadi.
Qanotcha - meva yonligi terisimon, uning ekzokarp qavati yaxshi rivojlangan pardasimon qanotcha hosil qilgan (qayrag‘och-Ulmus).
Ho‘l mevalarning tiplari. Chin meva - gulning faqat tugunchasining rivojlanishidan hosil bo‘ladi: gilos, o‘rik, shaftoli. Soxta meva - mevaning hosil bo‘lishida gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi: behi, anor, olma (89-rasm).
Oddiy meva - guldagi bir dona tugunchaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi: o‘rik, olma.
Murakkab meva - guldagi bir nechta tugunchalarning rivojlanishidan yetiladi: malina, maymunjon.
2.3.1-rasm. Ho’l mevalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |