Mavzu: apokarp mevalar va uning axamiyati


Download 0.9 Mb.
bet4/14
Sana25.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1396714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-208 Apokarp mevalar va uning ahamiyati

1.1.1-rasm. Urug’ning xillari:
A-ko’knor (Papaver somneferum); B-bug’doy (Triticum aestivum); C-randak (Agrostemma githago); D-murch (Piper nigrum); E- zig’ir (Linum usitatissimum); H-no’xat (Pisum sativum); 1-urug’ po’sti (spermaderma); 2-endosperm; 3-ildizcha; 4-poyacha; 5-kurtakcha; 6-urug’palla (3-6-murtak); 7-meva po’sti; 8-perisperm.
Urug‘ turlari quyidagicha bo‘ladi:
Endospermli urug‘lar. Urug‘da murtakning unib chiqishi uchun kerakli bo‘lgan oziq moddalar maxsus g‘amlovchi to‘qima - endospermda to‘plansa endospermli urug‘ deyiladi. Bunday urug‘lar bug‘doydoshlar, ituzumdoshlar va ziradoshlar oilalarining vakillarida aniq ko‘zga tashlanadi.
Endospermsiz urug‘lar. Urug‘da murtakning unib chiqishi uchun kerakli zahira oziq moddalar murtakning o‘zida, ya’ni urug‘ pallalarida to‘plangan bo‘lsa endospermsiz urug‘ deyiladi. Bu urug‘lar burchoqdoshlar (Fabaceae), qoqidoshlar (Asteraceae), qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilalarining vakillarida uchraydi. G’o’za chigiti ham endospermsiz urug’ hisoblanib, unda murtak va ikkita qobiqdan iborat. Pardasimon tashqi qobiq yog’ochlangan bo’ladi, unda uzun va qisqa tuklar bilan qoplangan. Ichki pardasimon qobiq juda yupqa va nozik bo’lib murtak xaltachasining qoldig’idir. Burchoqdoshlar oilasi urug’lari murtagida xarakterli xususiyat poyachaning egilgan holda bo’lishidir.
Bir pallalilardan o’qbarg, bulquruq o’t va gichchak turlarining urug’lari misol bo’ladi.
Perispermli urug‘lar. Agar urug‘da persperm yaxshi rivojlangan, ya’ni zahira oziq modda urug‘ kurtakning nutsellus hujayralarida to‘plangan bo‘lsa, perispermli urug‘ deyiladi. Perispermli urug‘larni chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) va sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilalarining vakillarida uchraydi (rasm).
Qora murchning urug’lari kichkinagina murtak endospermda joylashadi. Uni tashqi tomonidan yirik perisperm o’rab turadi.
1.2 Urug’ning unishi. Maysaning tuzilishi. Urug’ning unishi uchun ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Bularga namlik, harorat va havo (kislorod) zarur bo’ladi. Hamma o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (20-300C) talab etilsa, minimal harorat o’zgaruvchan bo’ladi. O’rtacha harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan biroz yuqori bo’lishi mumkin (sebargada 0,50C, javdarda 10C, bug’doyda 40C). Subtropik va tropik o’simliklar urug’i uchun 10-20 0C va undan ortiq (g’o’zada 140C, sholida 100C, qovun va bodringda 15-180C). Ba’zi urug’larning unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi (86-rasm).
Urug’ unishidan oldin suv shimib bo’kadi. Bu paytda urug’ po’sti yorilib, fermentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab eriydi. Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta’minlanishi tufayli uning barcha organlari o’sa boshlaydi. Urug’ po’sti yorig’idan yoki chang yo’li orqali murtak ildiz chiqadi va yosh o’simtani tuproqqa biriktiradi. O’simlik mustaqil ravishda tuproqdan suv va mineral moddalarni o’zlashtira boshlaydi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling