Mavzu: apokarp mevalar va uning axamiyati


Download 0.9 Mb.
bet5/14
Sana25.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1396714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-208 Apokarp mevalar va uning ahamiyati

1.1.1-rasm. Loviya (A) va bug’doy (B) urug’larining unishi:
1-asosiy ildiz; 2-yon ildiz; 3-qo’shimcha ildiz; 4-gipokotil; 5-epikotil; 6-urug’pallalar; 7-birinchi barglar; 8-kurtak; 9-koleoptil.

Ildizdan so’ng gipokotil o’sib, egilgan holda tuproq yuzasiga chiqadi. Tuproq yuzasida gipokotil to’g’rilanadi va o’zi bilan birga urug’palla va kurtakni olib chiqadi. Urug’ pallalar tezda yashil rangga kiradi. Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi.


Ba’zi o’simliklarda gipokotil juda sust o’sadi. Shuning uchun ham urug’pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo’gim oraliq ­­– epikotil cho’zilib tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi. Birinchi tur unish yer ustki, ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o’simliklarda g’o’za, loviya, sabzi, kungaboqar, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nastursiya kabi o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli (86-rasm).
Shunday qilib, ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, yon ildiz, ildiz bo’yni, gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi chin barg va uchki kurtak.
Bir pallali o’simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Bu o’simliklarda popuk ildiz sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz maxsus g’ilof-koleoriza bilan o’ralgan. Ildiz koleoriza to’qimasini yorib tuproq bilan ilashadi. Bir necha soat keyin qo’shimcha ildizlarning hosil bo’lishi bilan bo’gliq. Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o’sib chiqadi. Asosiy ildiz uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq yuzasida koleoptil o’sadi va unda esa maysaning dastlabki haqiqiy barglari ko’zga tashlanib turadi.
Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo’linishi va ajralishi natijasida urug’ murtagi va uning unishidan maysa hamda o’simlikning hamma vegetativ organlari ildiz, poya va burglar shakllanadi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling