Mavzu: apokarp mevalar va uning axamiyati
Meva va urug‘larning tarqalishi
Download 0.9 Mb.
|
1-208 Apokarp mevalar va uning ahamiyati
2.4 Meva va urug‘larning tarqalishi. O’simliklarning uzoq evolyutsion rivojlanishida meva va urug’larning tarqalishining ko’pgina usullari kelib chiqqan. Urug‘lar va mevalar turli yo‘llar bilan tarqaladi. Sersuv mevalar asosan parrandalar yordamida, ilmoqchalar bilan qoplangan mevalar hayvonlarning juniga ilashib, tuk va qanotchalari bo‘lgan mevalar shamol ta’sirida tarqaladi. Shunga qaramay urug‘ va mevalarning tarqalishida asosan odamlar muhim o‘rin tutadi.
Meva va urug’larning tarqalishiga moslanishi ikki yo’nalishda borgan. Ulardan biri tabiatdagi har xil kuchlardan foydalanishdan (shamol, suv, hayvonlar) va ikkinchisi o’simlik o’z kuchi yordamida meva va urug’larini sochib yuborishdan iborat. O’simliklarni diasporalari (yunon. “diaspeyro”-sochilmoq ) tabiiy ravishda o’simlik tanasidan ajralib, ko’payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar (spora, urug’, meva va boshqalar) vositasi bilan tarqaladi. Diasporalarni tarqalishi asosan ikki xil usul bilan bo’ladi: 1. Avtoxoriya (yunon. “avtos”-o’zi, “xoreo”-tarqalaman) meva va urug’larning o’zlari tomonidan tarqalishi, bunday o’simliklar avtoxor o’simliklar deb ataladi. 2. Alloxoriya (yunon. allos-boshqa, xoreo-tarqalaman) – turli vositalar orq ali (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odam) tarqaladi. Avtoxorlarni meva va urug’lari, odatda, yaqinga, ko’pi bilan 1-2 m nariga sochiladi. Avtoxorlar ikkiga: mexanoxorlarga va baroxorlarga bo’linadi. Mexanoxorlarning ko’pchiligi ko’sak va qo’zoqning yorilishi vositasi bilan urug’lari undan otilib sochiladi (masalan, binafsha, lola va boshqalar). Ba’zi o’simliklarning mevalari pishgan vaqtda meva ichida kuchli bosim hosil bo’ladi va meva yorilgan vaq tda unda urug’lari zarb bilan sochiladi, ayni vaqtda charsillagan ovoz chiqadi. Bunday o’simliklarga binafshalar, burchoqdoshlar (sariq akatsiya, burchoq, mosh va boshqalar), yorongul, yovvoyi xina va boshqalar misol bo’la oladi. O’zbekistonda keng tarqalgan yovvoyi bodringning pishgan mevasiga salgina tegilsa, urug’lari shilimshiq modda bilan otilib chiqib, o’tib ketayotgan odam yoki hayvonga yopishib oladi va shu tariqa uzoqlarga tarqaladi. Chatnab ochiluvchi q uruq mevalar (dukkak, qo’zoq va qo’zoqcha) yetilganda meva sirtining tashq i va ichki to’qimalari har xil darajada tarang bo’ladi. Shuning natijasida meva yoni chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi. Alloxor o’simliklarning meva va urug’lari asosan to’rt xil yo’l bilan: anemoxor (yunon. anemos-shamol), zooxor (yunon. zoon-hayvon), gidroxor (yunon. gidro-suv) va antroxor (yunon. antropos-odam) tarqaladi (90-rasm). Anemoxor o’simliklar tabiatda juda ko’p tarq algan. Ularni meva va urug’larini shamol yordamida tarqalishiga ba’zi moslamalari «ko’pakcha», «qanotcha» yordam beradi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling