Mavzu: apokarp mevalar va uning axamiyati
-rasm. Meva va urug’larning tarqalishi
Download 0.9 Mb.
|
1-208 Apokarp mevalar va uning ahamiyati
2.4.1-rasm. Meva va urug’larning tarqalishi:
1-8-anemoxoriya (1-5-uchma mevalar; 6-8-qanotchali mevalar); 9-11-zooxoriya; 12-13-gidroxoriya (12-nilifar; 13-kokos palmasi mevasi). Bunday moslamalar (tol, terak, q arag’ay, shumtol, zarang, saksavul, juzg’un, selin) kabi o’simliklarda uchraydi. Moslamalar urug’ va mevalarni havoda shamol bilan tarqalishini osonlashtiradi. Ba’zi o’simliklarni (orxidiyadoshlar, shumgiyadoshlar)ning urug’lari juda mayda va yengilki, ular havoda shamol vositasida uzoq masofaga tarqaladi. Markaziy Osiyo cho’llarida o’sadigan ba’zi o’simliklarni mevasi pishgandan keyin yer osti q ismidan uziladi va cho’lda ancha joygacha shamol bilan uchib boradi, ayni vaq tda bir kanchasi bir-biri bilan chirmashib, kattakon shar bo’lib qoladi, silkinish vaqtida urug’lar to’kiladi. Bunday o’simliklar dala bo’ylab yumalovchi deb ataladi (yantoq, sho’ra, boltiriq, boyalich, italiya, exiumi). Ko’pchilik o’simliklarning urug’ va mevalari hayvonlar vositasi bilan tarqaladi. Masalan, qadaluvchi yoki yopishqoq , ilmoqli (ilgakka o’xshash o’simtali) mevalar hayvon juniga ilashib uzoq larga ketadi. Ular (sariq choy, ittikon, temirtikon, yovvoyi sabzi, qo’ytikon va boshqalar) ning urug’ va mevalari shu yo’l bilan tarqaladi. Ho’l mevalarning urug’larini hayvonlar asosan, ko’plab tarqatadi va shuningdek ko’p urug’lar loy bilan birga hayvon va qushlarning oyoqlariga yopishadi. Ular shu yo’l bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Urug’ va mevalarni qushlar bilan tarq alishiga ornitoxoriya (yunon. ornitos-qush; xoreo-tarqalish) deb ataladi. Donsiz etdor sersuv mevalarni qushlar yeydi. Hazm bo’lmagan urug’lar axlat bilan birga tashq ariga chiqariladi. Bu hodisaga endozooxor (yunon.endo-ichki) deyiladi. Nihoyat ba’zi o’simliklarni urug’lari chumolilar bilan tarqaladi, bunga mirmekoxoriya (yunon. mirmeks-chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g’ozpiyoz va boshqalar). Gidroxor o’simliklar ko’pincha daryo, ko’l va dengiz q irg’oq larida o’sadi va ularni meva urug’lari suv vositasida tarq aladi, Masalan, daryo va dengizning cho’milish uchun qulay bo’lgan q irg’oq larida sho’radoshlar oilasining (Atreplex) kuklak deb ataladigan bir necha turlari (olabuta yoki sho’rolabuta), qatron (Crambe maritima) va boshq a o’simliklarni mevalar suv vositasida tarq aladi. Oq nilufarning urug’lari uning chuq ur joyida turuvchi havo pufagi yorilguncha suv yuzasida suzib yuradi. So’ngra ular suv tagiga cho’kadi va ko’karadi. Tropik mintaqasining dengiz qirg’oqlarida o’suvchi kakos palmasining mevalari okeanlarda uzoq suzib yuradi va to’lqin ularni yangi joylarda quruqlikka chiqaradi. Shu yo’sinda bu o’simlik Janubiy Amerika q it’asida butun tropik mintaqalarga tarqalgan. Nihoyat, bizda o’sadigan ko’p yovvoyi va begona o’tlarning urug’lari qor va yomg’ir suvlarida oqib shu yo’l bilan tarqaladi. O’simliklarni urug’ va mevalari inson tomonidan g’ayri ixtiyoriy yoki itiyoriy ravishda tarqaladi, bunday tarqalishga antropoxoriya deb ataladi. Masalan, g’ayri ixtiyoriy ravishda quyon quyrug’i (Erigiron canadensis), yovvoyi gultojixo’rozning turlari (Amaranthus retroflexus), elodeya (Elodea canadensis) va boshqa bir necha o’simliklar Yevropaga, Shimoiy Amerikadan (Kanada) olib kelingan. Hozir bu o’simliklar Osiyoda ham tarqalgan. Qo’ytikan (Xanthium spinossumum) Janubiy Amerika qit’asidan Janubiy Yevropaga, u yerdan O’rta Osiyoga keltirilgan. Katta zupturum (Plantago major), bug’doyiq (Agropyron repens), eshako’t (Stelaria media), sho’rak (Salsola) va boshq a o’simliklar Yevropadan Shimoliy Amerikaga olib kelingan va tarqatilgan. Kaktus o’simliklarining vatani Meksika yarim oroli hisoblanadi. U yerda ular yovvoyi holda katta maydonlarni ishg’ol etadi. Hozir kaktusning bir qancha turlari Avstraliya va Shimoliy Afrikaning sahrolarida ixtiyoriy ravishda o’stirilib iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoq Nihoyat odamning faoliyati begona o’t urug’larining tarqalishiga sababchi bo’ladi. Masalan, yaxshi tozalanmagan va saralanmagan urug’lik yerga ekilganda uni ichidagi begona o’tlarni urug’lari yerga tushadi va juda tez ko’payib ketadi. Shuning uchun urug’liklarni yaxshilab tozalash kerak. Bu usul bilan begona o’simlik urug’larini tarqalishini to’sish mumkin. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling