Mavzu: Aqilni o`lchashning Veksler shkalasi. Shvarslanderning “Muvaffaqiyatga erishish” testi. “Intilish darajasini o`lchash” testi
Veksler shkalasi subtestlari yordamida aniqlanadigan intellektual funktsiyalar
Download 349.92 Kb.
|
AQILNI O\'LCHASH KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi.
Veksler shkalasi subtestlari yordamida aniqlanadigan intellektual funktsiyalar
Sinaluvchining aqliy taraqqiyot darajasini aniqlashda IQning oxirgi natijasi emas, balki har bir subtest bo‘yicha olingan natijalarni ham tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda umumiy xulosa tuzishda, alohida subtestlar bo‘yicha olingan natijalarnigina emas, boshqa metodikalardan olingan natijalarni ham hisobga olish zarur. Asosiy qism: Ular shaxsning ilmiy qobiliyati darajasini aniqlab berishga xizmat qiladi. Sub’ektiv yo’nalish ko’p sonli savollar to’plamidan iborat. Bu keng tarqalgan diagnostik qo’llanmalar, ya’ni shaxsiy, holat va kayfiyat so’rovnomalaridan tashkil topgan. SHuningdek mulohaza va savol-anketalariga ham bo’linadi. Diagnostik usul qo’llaniladigan tizimiylik “metod-yo’nalish-metodika” tarzida 5.5.1-rasmda o’z ifodasini topgan. Har bir yo’nalishning ichidan bir biriga o’xshash, yaqin metodikalarni ajratish mumkin. Lekin bu diagnostik yo’nalishlar orasida o’tib bo’lmas chegaralar yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. SHu bois, mazkur klassifikatsiyaning maqsadi ro’yxatni to’ldirish emas, balki hozirgi paytda eng muhim va dolzarb bo’lgan oddiy hamda qonuniy tizimiylikni topishdan iboratdir. Psixodiagnostikaning barcha metodlari psixologiyani barcha sohalarida, xususan, faoliyatning turli yo’nalishlarida qo’llaniladi.Ilmiy psixologiyada ular tadqiqot metodlarini o’tkazish va tashkillashtirish jarayonida qo’llanilsa, amaliy psixologiyada esa psixologik maslahat, psixokorrektsion ishlar, professional tayyorgarlik kabi sohalarida foydalaniladi. To’g’ri tashkillashtirilgan izlanishlarda, sinaluvchilarning u yoki bu psixologik xususiyatlarining rivojlanish bosqichlari tadqiqot jarayonidan oldin ham keyin ham baholanishi tabiiy holat hisoblanadi. Chunki, bu holat olib borilgan tadqiqot ushbu xususiyatlarning o’zgarishiga qanchalik darajada ta’sir o’tkazganligini aniqlab beradi. Bu jarayon psixologik maslahat va psixokorrektsion tuzatishlarga ham daxldordir. Ma’lumki, maslahat olib borayotgan amaliy psixolog o’z mijozining psixologik xususiyatlarini shakllanganlik holatini baholay olishi kerak. Bu – xuddi shifokorning oldiga kelgan bemorga tashxis qo’yish va uning davolash muolajalarini aniqlashga o’xshash jarayondir. So’ngi yillarda ayrim mutaxassisliklar psixologiyaga,xususan, uning predmeti hisoblangan inson xulq-atvoriga bir qator talablarni qo’ymoqda. SHu bilan birga, kishining professional layoqatini belgilab beruvchi psixologik sifatlarning aniq diagnostikasi ham talab etilmoqda. Mazkur holatlar psixodiagnostik metodlardan foydalanuvchi kishilarning professional tayyorgarlik va tanlash jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Zamonaviy psixodlogiyaning psixodiagnostik metodlarining mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ulardan samarali foydalanish uchun mutaxassis malakali bilim va ko’nikmaga ega bo’lishi kerak. Ba’zan esa umumiy metodlar chizmasini o’zlashtirib olishnring o’zi, amaliy faoliyatda yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, psixodiagnostik metodlarning umumiy holati ko’rinishda quyidagi taklif qilinadi: Kuzatishga asoslangan psixodiagnostik metodlar. So’rovnomali psixodiagnostik metodlar. Ob’ektiv psixodiagnostik metodlar (mehnat faoliyati mahsullari va xulq-atvorni tahlil qiluvchi). Psixodiagnostikaning tajribaviy (eksperimental) metodlari. Tajribaning psixodiagnostik metod sifatidagi ahamiyati sinaluvchining biror-bir psixologik xususiyatini baholash imkonini mavjudligi bilan izohlanadi. Motiv va motivatsiya muammosi psixologiya fani uchun hozirgi kunda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mazkur masalaning etnopsixologik xususiyatlarini aniqlash va ularni talaba va o‘quvchilarda shakllantirish o‘qishga ularda qiziqish uyg‘otish, mustaqil bilim olish, amaliy ko‘nikma hamda malakalarini egallash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Faoliyatga undovchi va uni amalga oshishini ta’minlovchi ehtiyoj, motiv o‘zaro bir-birlarini taqozo qiladi, o‘zaro ta’sir o‘tkazish orqali ierarxik prinsipni nafaqat saqlab turadi, balki uning uzluksiz harakatini nazorat (regulyatsiya) qiladi. Faoliyat, xulq-atvor, muomala motivi,motivatsiyasi regulyator funksiyasini bajarib, faollik manbai, qat’iylilik ifodasiga aylanadi. Motiv anglanilmagan(biologik), anglanilgan(psixologik verballik, noverballik(ijtimoiy psixologik) bosqichlari(darajalari)ga egadir. Motivatsiya shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy, etnik, gender, status xususiyatlaridan iborat. Motivatsiya psixologiya fanida turlicha atamalarda ifodalanadi: mayl, moyillik, intilish, xohish, istak, tilak, ustanovka, qiziqish, ehtiyoj, yuksak hislar(burch, sadoqat, vijdon, vatanparvarlik), ideal, e’tiqod, an’ana va hokazo. Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muammolari atroflicha o‘rganilganiga qaramay, ular etnopsixologik nuqtai nazaridan qariyb tadqiq qilinmagan. Shuningdek, turli o‘quv fanlari negizida shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ularning etnopsixologik xususiyatlari, motiv va motivatsiyani takomillashtirish, ularni egallash uchun oqilona yo‘llardan foydalanish o‘qitish, o‘qish samaradorligini oshirishning kafolati sanaladi. Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Download 349.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling