Mavzu: Aqli zaif bolalarda yozma nutq buzulishlari va uni bartaraf etishda logopedic ishlarning o’ziga xos tomonlari
Download 378.13 Kb.
|
Dilyora opaga 2- ppt
Aqli zaif bolalarning passiv lug‘ati faol lug‘atga qaraganda ko‘proq, lekin shunda ham biror so‘zni qaytarish, talaffuz etish uchun yo‘naltiruvchi savol talab etiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar shakllanishidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqadi. A.R.Luriya va O.S.Vinogradovalarni (1978) semantik maydonlar yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqoti ularni to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatdi. Normada so‘zni tanlash, ularning ma’nosidan kelib chiqqan holda, ya’ni mazmuniy o‘xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqli zaif bolalarda esa so‘zlarni tanlash tahminiy, ba’zan, tovush o‘xshashliklariga asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug‘aviy sistematiklikning to‘liq shakllanmanligidan dalolat beradi. Ko‘pgina so‘zlar tushunchaga aylanmay qolaveradi
Aqli zaif bolalar bilan olib borilgan kuzatishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular predmetlar va holatlarni bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini tushunishda qiyinchilik va xatolarga duch keladilar, hayotiy tajribalarida kam uchraydigan predmetni hatto ko‘rsata olmaydilar. Ularning passiv so‘z boyligi salmog‘i faol nutqidan yuqori turadi. Rasmdagi tasvirlarni mazkur toifadagi bolalar ko‘rsatib bera oladi, ammo nomlashga aqliy imkoni yetmaydi. Faol so‘z boyligining kamligi aqli zaif bolalarning atrofdagilar bilan muloqot qilishda qiyinchilik tug‘diradi. Aqli zaif bolalar ba’zi so‘zlarni rasmdagi tasvirga qarab aytib beradi, lekin boshqa sharoitda va vaziyatga shu so‘zlarning ma’nosini tushunmaydi
Download 378.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling