Mavzu: Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar Reja: Kirish qismi


Download 1.23 Mb.
bet1/9
Sana14.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1196128
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Мустакил иш


Mavzu: Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar

Reja:
Kirish qismi

  1. Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar

  2. «Aqlli» qishloq xo‘jaligi uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va texnologiyalarning ommalashishi

  3. Qishloq xo‘jaligi uchun asosiy innovatsion yechimlar

Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida doirasida: Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dexqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish; suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan islox qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish; chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 marta ko‘paytirish; hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali xududiy iqtisodiyotni 1,4-1,6 baravarga oshirish; meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport saloxiyatini 1 mlrd dollarga oshirish belgilangan.
Yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarga sohaga ilm - fan va yuqori texnologiyalarni joriy etgan holda innovatsion rivojlantirishsiz erishib bo‘lmaydi. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. O‘zbekiston strategiyada belgilangan maqsadlarga erishishi uchun avvalam bor sohada innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishi kerak bo‘ladi.







Bugungi kunda sektor muntazam o‘sib borayotgan dunyo aholisini sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlashdan tortib, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muammolariga faol javob berishgacha bo‘lgan murakkab global talablarga duch kelmoqda. So‘nggi yillarda sodir bo‘lgan pandemiya bunga yana alohida tus berdi, chunki biologik xilma-xillikning kamayishi bunday epidemiyalarning paydo bo‘lishiga olib keladigan omillardan biri ekanligi ta'kidlandi. Bunday tahdidlarni bartaraf uchun qishloq xo‘jaligi tashkilotlari milliy innovatsion tizimga yaxshi integratsiyalashgan bo‘lishi va mamlakat innovatsion siyosati ushbu sektordagi tashkilotlar uchun innovatsiyalarni joriy etishida tegishli va qulay innovatsion choralarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi kerak.


Shunday bo‘lishiga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari ko‘pincha innovatsiyalarni yaratuvchilar emas, balki innovatsiyalarni o‘zlashtiruvchilar sifatida tavsiflanadi. An'anaviy va hali ham keng tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra qishloq xo‘jaligi sektori innovatsiyalarning umumiy nazariyasining alohida bir holatiga tegishliligini ta’kidlaydi. An'anaviy adabiyotlarda qishloq xo‘jaligi o‘z-o‘zidan innovatsiyalarni yaratish imkoniyati cheklangan tarmoq sifatida ta'riflanadi. Ularning innovatsiyalari ko‘pincha boshqa tarmoqlardan bilim va texnologiyalar transferi natijasi sifatida qaraladi. Binobarin, qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar asosan xarajatlar tomonidan va kamroq nisbatda ishlab chiqarish tomonidan o‘rganiladi. Ba’zi tadqiqotlar, boshqa sohalarda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish qobiliyatidan tashqari, sektorning innovatsion natijalarini ko‘rib chiqadi. Shunday qilib, adabiyotlar qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining o‘zlarini innovatsiya qilish imkoniyatlarini e'tiborsiz qoldiradi.
Ta’kidlab o‘tilgan maqsadlardan kelib chiqib sohada innovatsion
rivojlanishning joriy holati va tendensiyalarini tahlil qilib chiqdik. Tadqiqot ishimizda
qishloq xo‘jaligida innovatsion faollikni kompleks tahlil qilish maqsadida Davlat
Statistika Qo‘mitasi va Intellektual mulk agentligi ma’lumotlaridan foydalandik. Qishloq
xo‘jaligi tashkilotlarida innovatsiyalarni joriy qilish darajalarini o‘rgandik. Bu
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida innovatsion faolligi tahlili bo‘yicha keng qamrovli
ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, u bizga qishloq xo‘jaligida innovatsion faollik, mavjud
imkoniyatlarni va boshqa tarmoqlardan qanday farq qilishini tahlil qilishga yordam beradi. Empirik tahlillardan foydalanib qishloq xo‘jaligi firmalarida innovatsiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi omillarni aniqladik va shu bilan tadqiqotlar va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirdik. Hozirgi bilim darajasi asosan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib boradigan yirik tashkilotlarda innovatsiyalarni o‘rganishga asoslanadi. Bizning tadqiqot ishimiz aynan qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarni o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqotimiz innovatsion siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega, chunki, innovatsiyalarni qo‘llab - quvvatlashni zamonaviy tizimlari, qoida tariqasida, shahar hududlarida joylashgan, asosan sanoat ishlab chiqarish sohasiga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligi va qishloq joylari bir tomondan kontsentratsiyalashuv va globallashuv, ikkinchi tomondan postindustrializm va barqaror rivojlanish bilan bog‘liq chuqur transformatsiyalashuvni boshdan kechirmoqda. Ushbu o‘zgarish jarayonlari yangi shartlar va maqsadlarga asoslangan missiyaga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan siyosatni talab qiladi. Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun dolzarb va ommabop bo‘lgan innovatsion tizim - transformatsiyalashuv jarayonining muhim tarkibiy qismidir.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarini tahlil qilgan iqtisodchilar ta’kidlashicha sohada innovatsion faollik darajasi pasayishi kuzatilgan. Buning sabablari qishloq xo‘jaligi subyektlarining ko‘proq umumiy innovatsion tizim tomonidan e'tiborga olinmasligi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi subyektlari asosan qishloq joylarda joylashgan bo‘lib, u yerda bilim va innovatsiya markazlarigacha bo‘lgan geografik masofalar uzoqroq bo‘ladi. Bu xususiyatlar nafaqat qishloq xo‘jaligi firmalarining innovatsion imkoniyatlariga to‘sqinlik qilishi, balki ularning innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlariga kirishini kamaytirishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida innovatsion salohiyatni kuchaytirish uchun tarmoqlar bo‘yicha innovatsion imkoniyatlar va innovatsion ishlab chiqarishdagi farqlar va o‘xshashliklarni chuqurroq tahlil qilish zarur. Biroq, ushbu turdagi tahlillarni olib borishga barcha hududlar va sohalardagi korxonalarni qamrab oladigan, shuningdek, xo‘jaligi va qishloq joylarini o‘z ichiga olgan rasmiy innovatsion ma'lumotlarning yetishmasligi to‘sqinlik qiladi.
Biz qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi sifatida sohada intellektual mulk huquqlariga talabnomalar sonini va ITTKI ga xarajatlar tarkibi va hajmini tahlil qildik. Tadqiqotimiz davomida so‘nggi yillarda sohada ITTKI ga xarajatlar oshishiga qaramasdan innovatsion aktivlik pasayib borayotganini aniqladik.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling