Mavzu: Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar Reja: Kirish qismi
Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar
Download 1.23 Mb.
|
Мустакил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar
Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar
Tadqiqotimiz davomida ilmiy abstraksiya, empirik kuzatuv, statsitik guruhlash usullaridan foydalanildi. Ma’lumotlar bazasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi rasmiy sayti ochiq ma’lumotlari va yillik statistik to‘plamlar, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi rasmiy sayti ma’lumotlari bo‘lib xizmat qildi. Empirik va nazariy tadqiqot usullaridan foydalanib qishloq xo‘jaligi innovatsion rivojlanishi tahlil qilingan nufuzli xorijiy adabiyotlarni o‘rganib chiqdik. Sohani innovatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqladik. Tadqiqotimizda olib borilgan deduksiya va induksiya usullaridan aniq bo‘lishicha boshqa sohalardagi kabi qishloq xo‘jaligi sohasi ham geografik tarkib ta’siri bog‘lik ekan. Shuningdek, tadqiqotimizda innovatsion rivojlanishni belgilab beruvchi statistik ko‘rsatkichlarni boshqa sohalar bilan qiyoslashimizda innovatsiyalar rivojlanishi ushbu sohada nisbatan past sur’atlarda kechishini aniqladik. ASM da innovatsion rivojlanishni tahlil qilish maqsadida bir qator statistik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, sohani innovatsion faolligini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatkich sifatida sohada patent talabnomalari sonini tahlil qildik. Chunki, aytish mumkinki, innovatsion rivojlanishga qaratilgan barcha chora tadbirlar sohada intellektual mulk huquqlari sonini oshishiga olib kelishi lozim. Zero, barcha ilmiy - tadqiqot ishlanmalari soni pirovardida, asosan intellektual mulk huquqlari sonida aks etadi. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar bo‘yicha tadqiqotlar asosan innovatsion tizimlar, mahalliy muhit va innovatsiyalarga davlat siyosatining tarmoqlar, klasterlar yoki mintaqalar darajasida mavjudligi va ta'siriga qaratilgan dastlabki innovatsion adabiyot an'analariga amal qiladi. Biroq, innovatsiyalar ko‘pincha firmalar darajasida sodir bo‘ladigan hodisadir. Yangi texnologiyalar va ixtirolar asosan ilmiy-tadqiqot bo‘limlarida (davlat yoki xususiy) ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, ular odatda qo‘llanilmaguncha, tijoratlashtirilmaguncha va bozorga kiritilmaguncha innovatsiyalar deb hisoblanmaydi [13]. Ushbu innovatsion jarayon odatda bir yoki bir nechta firmalarni o‘z ichiga oladi va ko‘pincha juda murakkab, chunki u turli manbalardan olingan resurslarni birlashtirishga intiladi [14, 15]. Biz tadqiqotimizda innovatsion rivojlanish masalasini makroiqtisodiy darajada ko‘rib chiqdik. Mamlakat innovatsion rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri bu inson kapitalidir. Inson kapitali g‘oyalar tijorat mahsuloti va jarayonlariga aylanadigan jarayonlarda bilimlarni o‘zlashtirish va joriy qilishga imkonini beradi. Rasmiy ta'lim darajasi inson kapitali va o‘zlashtirish qobiliyatining umumiy o‘lchovi bo‘lib hisoblanib, oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, oliy ta'lim makro va mikro darajadagi innovatsion samaradorlik bilan ijobiy bog‘liqdir [16, 17, 18]. Qishloq xo‘jaligi ham bundan mustasno emas, garchi bu sektor makro darajada kam o‘rganilgan. Makro darajadagi innovatsiyalarga oid ko‘pgina tadqiqotlar yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish qobiliyatiga qaratilgan. Ba’zi xorijiy adaboyotlarda soha innovatsion rivojlanishi va eksport o‘rtasidagi ijobiy bog‘likni ko‘rsatishgan [19]. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va eksport o‘rtasidagi munosabatlar nisbatan zaifligini ta’kidlagan. Bilimlar oqimi geografik tarkibiy tuzulishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Innovatsiyalar geografiyasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nisbatan zichroq hududlar innovatsion faoliyat uchun yuqori sharoitlarni ta'minlaydi, chunki bilimlar oqimi geografik yaqinlik tufayli osonlashadi [20, 21]. Bilimning tashqi omillarining mavjudligi zich hududlarga bilim talab qiladigan faoliyatni jalb qiladi, bu esa zich shahar hududlarida bilim talab qiladigan xizmatlar va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning kuchli kontsentratsiyasini tushuntiradi. Biroq, qishloq xo‘jaligi sektorining makonli taqsimoti tadqiqot bo‘limlari va inson kapitalining geografiyasiga emas, balki qishloq xo‘jaligi yerlarining geografiyasiga bog‘liq. Ko‘pgina qishloq xo‘jaligi firmalari qishloq xo‘jaligi yerlari tarqoq va geografik jihatdan aniq belgilab qo‘yilganligi sababli kamroq zich hududlarda joylashgan. Bu esa qishloq xo‘jaligi subyektlarini sust mobilligiga va geografik sharoitlar ularning innovatsion sig‘imiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan, hududiy joylashuvga xos omillar ta’siri boshqa tarmoq tadqiqotlarida keng tan olingan bo‘lsada, bu omilga qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari tadqiqotlarida yetarlicha e’tibor qaratilmay kelinmoqda [22, 23]. Ushbu masalalar qamrab olingan ba’zi tadqiqotlar ham mavjud. Masalan, Lapple va boshqalar, va Botha va boshqalar hududlarda bilimlarning tarqalishini qishloq xo‘jaligida innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirishdagi ro‘lini ta’kidlashgan. Ular, shuningdek, innovatsiyalarning aniq makonli kontsentratsiyasi mavjudligini kuzatishadi. Mate-Sanches-Val va Xarris geografik yaqinlikning ispan qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat firmalarida innovatsiyalarga ta'sirini o‘rganishadi va ilmiy-tadqiqot markazlariga yaqinlikning muhim va ijobiy ta'sirini aniqlaydilar [24]. Bjerke ta'kidlaganidek, sohaga oid bilim xizmatlariga yaqinlik qishloq xo‘jaligi sohasidagi firmalar o‘rtasida samaradorlikni oshiradi [25]. Tahlil va natijalar Qishloq xo‘jaligi sohasi xar bir mamlakat iqtisodiyotida oziq - ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanoat ishlab chiqarishi uchun zarur xomashyo yetkazib berish va boshqa resurslar manbai sifatida muhim bir funksiyani bajaradi. Shu bilan birga soha tashqi ta’sirlarga o‘ta ta’sirchan va operativ qarorlar qabul qilishni talab etadi. Sohaning rivojlanishi iqtisodiyotning barcha qolgan sohalarida o‘sishni ta’minlashning drayveri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish milliy iqtisodiyotimiz uchun dolzarb bir masala hisoblanadi. Sohada innovatsiyalarni keng joriy etish, ilm- fan va ilg‘or texnologiyalarni foydalanish - sohani rivojlantirishning asosiy omilidir. Hozirda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi va Yangi O‘zbekistonning 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida doirasida amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishini innovatsion yo‘lga o‘tishida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar hajmini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda ITTKI ga ajratilgan xarajatlar YAIM hajmi bilan mos sur’atlarda o‘sib borishi lozim. O‘zbekistonda YaIM o‘sish sur'atlari dinamikasi va tadqiqot va ishlanmalar xarajatlari 1- rasmda ko‘rsatilgan. Manba:Davlat Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling