Mavzu: Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar Reja: Kirish qismi


Download 1.23 Mb.
bet7/9
Sana14.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1196128
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Мустакил иш

Sarmoyalar
Qishloq xo‘jaligidagi AT-muvaffaqiyatlar investorlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, 2016-yili «CropX» (fermerlar uchun smart-texnologiyalar ishlab chiqaruvchi AQSh kompaniyasi) «Lab IX» va «Robert Bosch Venture Capital GmbH» vositalariga sarmoya kiritdi. «Trimble Navigation» va «Avidor High Tech France», «Precision AG» va «Agrinetix» singari yuqori professional kompaniyalarning o‘zaro hamkorligi intellektual qishloq xo‘jaligi ishlanmalarida umumiy zanjirni tashkil etadi. Bu korporatsiyalar dehqonchilik ishlanmalariga sarmoya kiritishdan katta daromad olishni juda yaxshi tushunadilar.
Yaqinda qishloq xo‘jaligida standartlar joriy etish va narsalar interneti amaliyoti sur’atini oshirish hamda Yevropada aqlli dehqonchilikning umumiy rivojiga turtki berish uchun «Internet of Food and Farm 2020» (IoF2020) loyihasi ishga tushirildi. To‘rt (2017–2020) yilga mo‘ljallangan bu loyiha qishloq xo‘jaligi, go‘sht, meva-sabzavotlar va sut ishlab chiqaruvchi fermalardan iborat 19ta tarmoq vakillarini birlashtirgan.
Albatta, qishloq xo‘jaligida texnologiyalardan foydalanish yangilik emas. Dastlabki gaz traktorlari va kimyoviy o‘g‘itlar XIX asrdayoq paydo bo‘lgan bo‘lsa, dehqonchilikda sun’iy yo‘ldoshdan foydalanish XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Jon Dirning GPS-datchiklar bilan jihozlangan traktorlariga ham salkam yigirma yil bo‘lib qoldi.
Uzoq yo‘lni bosib o‘tgan texnologiyalar hamon rivojlanishda. Bugunga kelib, veb-interfeysli qurilmalar va xizmatlar ancha ko‘p ommalashdi, shuning uchun ham narsalar internetiga bo‘lgan qiziqish rekord darajada yuqori o‘rinni band etib turibdi. Fermerlikning an’anaviy usullari o‘sib borayotgan oziq-ovqat talabiga tenglasha olmaydi, shu bois fermerlar aqlli qishloq xo‘jaligiga tobora ko‘proq murojaat qilishmoqda. Va bu kelajagi porloq yagona soha bo‘lishiga shubha yo‘q.
Yurtimiz zamini serhosil, bahorda tayoq suqsak kuzda meva beradi. Lekin, aholimizning yildan yilga ko‘payib borayotganini, suv, elektr energiyasi va boshqa tabiiy zaxiralarimizning cheklanganini inobatga olsak, «aqlli» qishloq xo‘jaligining naqadar ahamiyati kattaligini anglab yetamiz. Shunday ekan, agrar sohaga zamonaviy tizimni tatbiq etishlarida mirishkorlarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ekin turlari uchun mos yer tanlashdan tortib, unga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib, iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa albatta ushbu jarayonda shaffoflikni ta’minlash, samaradorlikka erishish, mahsulot sifatini oshirishda, shuningdek, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ma’lum bir hududlarda ehtiyojini oshirish yoki tushirish kabi sun’iy to‘siqlarga barham berishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois Vazirlik va uning huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarda 10 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mazkur axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yurtdoshlarimizning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida hududlarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. 2023 yil 30 yanvardan 28 fevralga qadar respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladigan o‘quv seminarlari mavjud axborot tizimlaridan foydalanuvchi klaster, fermer, dehqon, davlat idoralari bo‘linmalari hamda qiziqishi mavjud yurtdoshlarimiz uchun tashkil etilmoqda.



Sodda qilib aytsak, raqamlashtirish – bu eng avvalo sohada mashg‘ul bo‘lganlar bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga jazm qilganlarga ham birdek qo‘l keladi. Boisi, avvallari mavhum yoki tushunarsiz bo‘lgan ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritiladi. Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi orqali foydalanuvchilar elektron platformaning afzalliklari va qulayliklaridan o‘zlari, hech kimning yordamisiz foydalanishlari mumkin. O‘zgarib boruvchi bozor talablari va ayni kundagi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq barcha yangiliklar ayni platformalardan o‘rin oladi. Buning uchun esa seminar mohiyatini tushunish va unda ishtirok etib, bu boradagi bilimlarni takomillashtiish kifoya.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling