Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Qullarni ozodlikka chiqarish to’g’risidagi Proklamatsiya


Download 38.31 Kb.
bet12/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Qullarni ozodlikka chiqarish to’g’risidagi Proklamatsiya.

1862-yil 30-dekabrda Linkoln 1863-yil 1-yanvaridan qullarni “ ozod qilish to’g’risi “ dagi Proklamatsiyani imzolaydi. Ittifoqqa dushmanlik kayfiyatida bo’lgan barcha shtatlardagi qullar erkin deb e’lon qilinadi. G’arbning “erkin yerlari” qulchilik 1862-yil mayda qabul qilingan “Gomstedlar haqidagi qonun”, bilan taqiqlangan edi. Bu qonunga ko’ra G’arbga ko’chib borgan har bir amerika oilasi 160 akr (64 ga) yer olish huquqini qo’lga kiritgan edi.

Yevropa hamjamiyatining nazarida qullarni ozodlikka chiqarish to’g’risidagi proklamatsiya Fuqarolar urushining maqsad va xarakterini tubdan o’zgartirib yuboradi. Endi urush Ittifoqni (AQSh) saqlab qolish uchun emas, qulchilikni bekor qilish uchun olib bormoqda edi. Proklamatsiyaga qadar bir qancha Yevropa davlatlari Shimolning harakatlaridan birinchi navbatda Janubiy shtatlar portlarini qamalga olganligidan jiddiy norozi edilar. Qamal natijasida Janubning Yevropa mamlakatlari bilan savdosi falaj holatga kelib qolgan edi. Masalan, Angliyada amerika paxtasining kelishi to’xtab qolishi natijasida, to’qimachilik sanoati xonavayron bo’ladi va yuz minglab kishilar ishsiz qoladi. Natijada Angliya va Fransiya konfederatsiyani mustaqil deb tan olishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar. Qullarni ozod etish to’g’risidagi proklamatsiya orqali Linkoln Yevropa mamlakatlari xayrixohligini qozonishga muvaffaq bo’ladi.

Bir yil avval o’z krepostnoy dehqonlarini ozodlikka chiqargan Rossiya imperiyasi ham Ittifoqqa nisbatan xayrixohlik yo’lini tanlaydi va 1863-yil kuzida Nyu-York va San-Fransiskoda rus harbiy kemalari paydo bo’ladi. Bu harbiy dengiz floti kuchlaridan diplomatik maqsadlarda foydalanishning birinchi ko’rinishi bo’ldi. Rus harbiy kemalarining Amerika sohillarida paydo bo’lishi, Angliyaning Konfederatsiya tomonidan urushga kirishdan tiyilishga majbur etdi. Bu esa Shimolga Janub sohillarini qamal qilishni davom ettirishga imkon berdi. Bunga javoban Ittifoq Rossiyani Polsha masalasida qo’llab-quvvatlaydi.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling