Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet2/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Sabablari

XIX asr birinchi yarmida AQShda quldorlikka asoslangan agrar Janub va sanoatlashgan Shimol alohida iqtisodiy mintaqalar sifatida mavjud bo’lishgan. AQSh federatsiya shaklida tashkil etilgan bo’lib, har bir shtat o’zining siyosiy va iqtisodiy hayoti bilan yashar edi. Aholi sonining va iqtisodiy rivojlanishning barqaror o’sib borishiga qaramasdan, AQShda integratsion jarayonlar juda sekinlik bilan borardi.

Shimolda mashinasozlik, metallni qayta ishlovchi va yengil sanoat korxonalari markazlasha boshlaydi. Bu yerda asosiy ishchi kuchini turli mamlakatlardan kelgan immigrantlar tashkil etib, ular fabriklarda, zavodlarda va boshqa korxonalarda mehnat qilishgan. Shimolda ishchi kuchi yetarli darajada bo’lib, demografik vaziyat barqaror va yashash darajasi ham nisbatan ancha yuqori bo’lgan. Mamlakat Janubida esa boshqacha vaziyat yuzaga keldi. AQSh amerika-meksika urushi davomida Janubda, asosiy qismi bo’sh yerlardan iborat ulkan hududlarni qo’lga kiritdi va bu yerlarda katta yer-mulklarni qo’lga kiritgan AQShlik plantatorlar o’rnashib olgan edilar. Janubning yerlari hosildor bo’lib, iqlim ham dehqonchilik qilish uchun qulay edi, shuning uchun Janub agrar mintaqaga aylanib qoladi. Bu yerda asosan tamaki, shakarqamish, paxta va guruch kabi ekinlar yetishtirilgan. Biroq Janubiy shtatlarda ishchi kuchi yetishmas edi. Immigrantlar asosan sanoatlashgan Shimoliy shtatlarga joylashishni ma’qul ko’rganligi sababli, bu yerga XVII asrdan boshlab Afrikadan qul-negrlar olib kelingan. Shimol va Janub o’rtasidagi uzil-kesil bo’linish – setsessiya (сецессия) arafasida Janub aholisining 3/4 qismini qora tanli qullar tashkil etar edi.

Shimolda mo’tadil soliq siyosati yuritilib, shtatlar byudjetiga tushgan mablag’lardan aholi yashash sharoitlarini yaxshilash uchun pullar ajratilar va hukumat qora tanli aholining yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash uchun ham ayrim tadbirlarni amalga oshirar edi. Shunga qaramasdan, Shimolda ham, Janubda ham qora tanlilar ikkinchi navli odamlar deb hisoblangan. Janubiy shtatlarning siyosiy hayotida katta yer-mulklarni o’zining shaxsiy yer-mulkiga aylantirgan boy quldor-plantatorlar – “yuqori qatlam” asosiy rol o’ynar edi.

Shimolga Janubning xom ashyosi, ayniqsa, paxtasi, Janubga esa Shimolda ishlab chiqarilgan dastgoh va mashinalar zarur edi. Shuning uchun ham uzoq vaqtgacha bu ikki iqdisodiy mintaqalar tinch-totuv yashab keldilar. Biroq ular orasida doimiy ravishda qarama-qarshiliklar o’sib borgan. Shimol va Janub o’rtasida paydo bo’lgan eng o’tkir muammolar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:


  1. Soliq siyosatida yuzaga kelgan muammolar (Shimol o’z sanoati himoya qilish maqsadida ularning foizini oshirishga harakat qilar, Janub esa o’z mahsulotlarini butun dunyoga sotishni istar edi);

  2. Qulchilik bilan bog’liq muammolar (erkin shtatlarga qochib borgan qullarni erkin deb hisoblash kerakmi, ularga boshpana bergan kishilarni jazolash lozimmi, janubiy shtatlar o’z hududida erkin negrlarning bo’lishini taqiqlashi mumkinmi va boshq.);

  3. AQShga yangi hududlarning qo’shib olinishi bilan bog’liq muammolar;

AQShga yangi hududlarning qo’shib olinishi bilan bo’lajak shtatning konstitutsiyasi bilan bog’liq bahslar, birinchi navbatda – yangi shtat erkin yoki quldorlik shtati bo’ladimi, degan muammo paydo bo’lgan edi. Barcha yangi shtatlar erkin bo’ladi deb e’lon qilgan A. Linkolnning hokimiyat tepasiga kelishi esa, quldorlik shtatlarining istiqbolda siyosiy ozchilikni tashkil etishini va Kongressda Shimoliy shtatlarning ko’pchilik ovozga ega bo’lishini anglatar edi.


Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling