1862-yilgi janglar
1862-yilda shimolliklar harbiy harakatlarning g’arbiy sahnasida katta muvaffaqiyatga erisha boshlaydilar. 1862-yil fevral-aprel oylarida general U.Grant qo’mondonligidagi shimol armiyasi qator fortlarni egallab, janubliklarni Kentukki shtatidan, Shaylo yaqinidagi jangdan so’ng Tennessi shtatidan siqib chiqaradilar. 1862-yil yozida Missuri shtati ozod etiladi va general Grantning armiyasi Missisipi va Alabama shtatlarining shimoliy okruglarini ishg’ol qiladi.
1862-yil 12-aprelda bir guruh shimollik-ko’ngillar “General” lakomotivini olib qochadilar va bu voqea Fuqarolar urushi tarixiga “Buyuk parovoz poygasi” nomi bilan kirdi.
1862-yil 25-aprelda qo’mondon Devid Farragut boshchiligidagi eskadiriliya tomonidan Yangi Orleanning egallanishi Fuqarolar urushining borishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu jang natijasida janubliklar o’zlarining yirik porti va kemasozlik markazidan ayrilishdi va dushman qo’liga tushmasligi uchun qurilishi tugallanmagan zirhli kemalarni yo’q qilishga majbur bo’ldilar. Shimolliklar bu g’alaba evaziga Meksika qo’ltig’ida o’z mavqelarini muhtahkamlab oldilar va Konfederatsiyaning boshqa portlarini qamal qilish uchun ishonchli bazaga ega bo’ldilar. Shuningdek, Shimol armiyasi Missisipi daryosining quyi oqimlariga kirib boorish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bu 1862-1863-yillarda janublilarni muhim transport tomiridan mahrum etgan muvaffaqiyatli hujum kompaniyasini tashkil etishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |