G’arbiy Virginiya uchun kurash
Fuqarolar urushining birinchi kampaniyalaridan biri G’arbiy Virginiya uchun kurash bo’ldi. Virginiya shtati sesesiyani yoqlab ovoz bergach, 1861-yil aprelidayoq uning g’arbiy okruglari bunga qarshi chiqqan va bu yerlarni boshqarish uchun 3-mayda Ogayyo departamenti tashkil etilgan va uning qo’mondonligi general Maklellanga topshirilgan edi. U Ittifoq dushmanlarini Virginiyadan siqib chiqarishni boshlaydi va 3-iyunda Filippi yaqinida, 11-iyulda Rich-Mauntin yaqinida janubliklarni tor-mor keltiradi. Shundan so’ng u Vashingtonga chaqirib olishadi va Potamak armiyasining qo’mondoni etib tayinlashadi. Maklellanning o’rnini Uilyam Rouzkrans egallaydi. 1861-yil sentabrida janubliklar general Li qo’mondonligida qarshi hujumga o’tishga harakat qiladilar, biroq Chit-Mauntin yaqinida sodir bo’lgan jangda yana muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. 1861-yil dekabriga kelib G’arbiy Virginiya to’laligicha federal armiyaning nazorati ostiga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |