Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi
Download 38.31 Kb.
|
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI
Ittifoqning parchalanishi
AQShda qulchilikka qarshi bo’lgan siyosiy va jamoat tashkilotlari 1854-yilda Respublikachilar partiyasiga asos soladilar. 1860-yilgi prezidentlik saylovlarida pu partiyaning nomzodi Avraam Linkolnning g’alaba qozonishi quldorlar uchun o’ziga xos ogohlantirish bo’lib xizmat qildi va ularning Ittifoq tarkibidan chiqishiga, sesessiyaga olib keldi. Har bir shtat konstitutsiyaviy kengashiga sesessiya uchun ha yoki yo’q deb ovoz beradigan vakilini o’zi saylaydi. Ovoz berish yakunlariga ko’ra “Sesessiya to’g’rida qaror” chiqarilgan. 1860-yil 20-dekabrda Janubiy Karolina birinchi bo’lib “Sesessiya to’g’rida qaror” qabul qiladi. 1860-yil 24-dekabrda esa “Janubiy Karolinaning federal Ittifoqdan ajralishiga olib kelgan bevosita sabablar to’g’risidagi Deklaratsiya” e’lon qilindi. Janubiy Karolinaning ortidan quyidagi shtatlar “Sesessiya to’g’rida qaror” qabul qildilar:
1861-yil 9-yanvarda Missisipi; 1861-yil 10-yanvarda Florida; 1861-yil 11-yanvarda Alabama; 1861-yil 19-yanvarda Jorjiya; 1861-yil 26-yanvarda Luiziana; AQSh Konstitutsiyasida u yoki bu shtatning Ittifoq tarkibidan ajralib chiqishiga nisbatan to’g’ridan-to’g’ri taqiqning yo’qligi bunday harakatlarning huquqiy jihatdan oqlanishiga olib keldi. 1861-yil 4-fevralda Amerika Konfederativ Shtatlarining Muvaqqat Kongressi chaqilib, unda yuqorida ta’kidlab o’tilgan 6 ta shtat vakillari yangi davlat – Amerika Konfederativ Shtatlari (AKSh) tuzilganligini e’lon qiladilar. 1861-yil 11-martida bo’lib o’tgan Kongressning navbatdagi sessiyasida esa Amerika Konfederativ Shtatlarining konstitutsiyasi qabul qilnadi. Olti shtat vakillari konstitutsiyasini qabul qilishdi va prezident etib 1861-yil 18-fevralda o’z vazifasini bajarishga kirishgan, Missisipilik sobiq senator Jefferson Devisni saylaydilar. 1861-yil 1-martda Texas shtati o’z mustaqilligini e’lon qildi va 2-martda Konfederatsiya tarkibiga qo’shildi. Samter forti uchun janglar boshlangach va Shimolda harbiy safarbarlik e’lon qilingach, Texasning ortidan quyidagi shtatlar ham o’z mustaqilligini e’lon qildilar va Konfederatsiya tarkibiga qo’shildilar:
Virginiya (1861-yil 17-aprelda mustaqillik e’lon qildi. 1861-yil 7-mayda AKShga qo’shildi); Arkanzas (1861-yil 6-mayda mustaqillik e’lon qildi. 1861-yil 18-mayda AKShga qo’shildi); Tennessi (1861-yil 7-mayda mustaqillik e’lon qildi. 1861-yil 2-iyulda AKShga qo’shildi); Shimoliy Karolina (1861-yil 20-mayda mustaqillik e’lon qildi. 1861-yil 21-mayda AKShga qo’shildi); Konfederatsiyaning poytaxti etib dastlab Montgomeri, Virginiya AKShga qo’shilgach esa Richmod shahri etib belgilandi. Mazkur shtatlar AQSh hududining 40 foizini egallab, aholisi 9,1 mln. kishidan iborat, shundan 3,6 mln.dan ko’prog’ini qora tanli qullar tashkil etar edi. 1861-yil 7-oktabrda Konfederatsiya tarkibida aholisi na Konfederatsiyaga, na AQSh hukumatiga xayrixoh bo’lgan hindular yashaydigan hududlar qo’shib olinadi. Hindularning katta qismi o’zlarining yashab turgan yerlaridan haydab yuborilib, ularning o’rnida quldorlik shtatlari tashkil etilgan bo’lib, AQSh hukumati hindularning Jorjiya va boshqa shtatlardan haydab yuborilishiga hech qanday qarshilik ko’rsatmagan edi. Biroq hindulardan qulchilikni rad etishni istamadilar va Konfederatsiya tarkibiga qo’shildilar. Hindular hududining tarkibida hindu qabilari – cheroklar, choktolar, kriklar, chikosolar va seminollarni birlashtirgan beshta respublika tuzilgan bo’lib, ulardan cheroklar boshqalarga qaraganda ko’proq qullarga ega edilar. Ittifoq tarkibida 23 ta shtat, jumladan Delaver, Kentukki, Missuri va Merilend kabi quldorlik shtatlari ham bo’lib, ular hech qanday kurashsiz Ittifoq hukumatiga bo’ysunishni ma’qul ko’radilar. Virginiya shtatining qator g’arbiy tumanlari aholisi Ittifoq tarkibidan chiqish to’g’risidagi qarorga bo’ysunishdan bosh tortib, o’zlarining hokimiyat organlarini tashkil etadilar va 1863-yil iyunida AQSh tarkibiga yangi shtat sifatida qabul qilinadilar. Ittifoq aholisi 23 mln. kishidan ortiq bo’lib, uning hududida mamlakatning deyarli butun sanoati, temir yo’llarning 70 foizi, bank depozitlarining 81 foizi joylashgan edi. Download 38.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling