Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet17/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Dengizdagi harbiy harakatlar

1863-yil boshlarida Konfederatsiya bir nechta zirhli kemalarni safga chiqarishga muvaffaq bo’ladi. Ularning yordamida janubliklar dengiz qamalini yorib o’tishni va Shimol flotiga jiddiy zarba berishni rejalashtirgan edilar. Biroq, bu vaqtga kelib Shimol sanoatining har jihatdan ustunligi yaqqol namoyon bo’ldi va federal flot tarkibi tezyurar kemalarning yangi turlari va zirhlilar bilan to’ldirila boshlangan edi. Bundan tashqari dengizchilar va zobitlarning tayyorgarlik darajasi ham Janubdagiga qaraganda ancha yuqori edi. 1863-yil 17-iyunda bor-yug’i 15 daqiqa davom etgan Oshsho-Saund dengiz jangida federal flot Janubning CSS “Atlanta” deb nomlangan zirhli kemasini taslim bo’lishga majbur etadilar.

1863-yil bahorida shimolliklar Janub ixtiyoridagi yirik port shahar – Charlstonni dengizdan hujum qilib, ishg’ol etishga harakat qiladilar. Biroq ularning hujumi Janub armiyasi tomonidan qaytariladi va federal flot bu jangda jiddiy zarar ko’radi. Shimol armiyasi ko’p sonli zirhlilarga ega bo’lishiga qaramasdan, Charlston dengiz jangida ularning Janub sohillartini qo’riqlayotgan tezyurar kemalarga qarshi ojizligi ma’lum bo’ldi. Nihoyat, 1863-yil sentabrida federal flot Charlston yaqinida joylashgan Vagner fortini ishg’ol qilishga muvaffaq bo’ldi. Vagnerning ishg’ol etilishi Charlston portining to’liq qamal qilinishiga va chet el kemalari uchun yopib qo’yilishiga olib keldi.

Charlston dengiz jangida harbiy kemalarda qarshi tarixda birinchi marta torpedalar (dengiz raketlari) qo’llanildi. 1863-yil 5-oktabrda Janubning CSS “David” torpedo tashuvchi kemasi federal flotning “Nyu Ayronsayd” zirhlisini torpedalar bilan o’qqa tutib, jiddiy zarar yetkazgan edi.

1863-yilda Konfederatsiya sohillarini qamal qilish nisbatan kuchaytirildi. Shimolliklar federal flot tarkibini yangidan yangi kemalar bilan to’ldirib borishar va bu Janub sohillarini to’liq qamal qilish imkoniyatini berar edi. Shuningdek, federal flot janub portlarini ishg’ol qilish uchun ham faol harakatlarni boshlab yubordi. Federal flotning bu harakatlariga javoban janubliklar Ittifoqning savdo kemalariga to’satdan hujum qilish, ularda tashilayotgan yuklarni egallab olish taktikasini qo’llay boshlaydilar. Yevropa davlatlaridan sotib olingan tezyuyar kemalar yaxshi qurollantirilgan, yollanma askarlar va ko’ngillilar ekipaji bilan ta’minlangan bo’lib, ular Ittifoqning savdo kemalarini ta’qib etish va ishg’ol qilish bilan shug’ullanishgan. Bunday kemalardan “Alabama” va “Florida” dengiz reydlari davomida shimolning bir necha o’nlab savdo kemalarini ishg’ol qilishga muvaffaq bo’ladilar.


Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling