Overlend kampaniyasi
1864-yil 4-mayda Grantning 118 ming kishilik armiyasi Glush o’rmonlari yaqinida Janubning 60 ming kishilik armiyasi bilan qarshilashadi va qirg’inbarot Glush o’rmoni jangi boshlanadi. Grant jangda 18 ming kishisini, janubliklar 8 ming kishisini yo’qotadilar, biroq Grant hujumni davom ettirib, Shimoli Virginiya armiyasini Richmonddan ajratib qo’yish uchun Spotsilveynni ishg’ol etishga qaror qiladi. 8-19-may kunlari sodir bo’lgan Spotsilveyn jangida Grant yana 18 ming askaridan ayrildi, biroq janubliklar mudofaasini sindirishga muvaffaq bo’lmadi. Janubning mustahkamlangan pozitsiyalarini egallay olmagan Grant, ularni aylanib o’tib, Petersbergga chiqdi deyarli bir cho’zilgan Petersberg qamali boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |