Red-River kampaniyasi
1864-yilning birinchi harbiy harakatlari 10-martda boshlangan Red-River kampaniyasi bo’ldi. General Benksning armiyasi Red-River daryosi bo’ylab hujumga o’tib, Texas shtatini Konfederatsiyadan ajratib qo’yishga qaror qildi, ammo 8-aprelda Mansfeld jangida mag’lubiyatga uchrab chekinishga majbur bo’ldi. Plezant-Xill yaqinida sodir bo’lgan navbatdagi jangda u dushmani yengishga muvaffaq bo’ladi, biroq bu kampaniyani saqlab qola olmaydi. Red-River kampaniyaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi urushning borishiga katta ta’sir ko’rsatgan bo’lsada, 1864-yil bahorida federal armiya tomonidan Mobil portioning ishg’ol etilishiga xalaqit bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |