Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet15/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Viksberg kampaniyasi.

3-iyulda, ya’ni janubliklar Gettisberg jangida tor-mor etilgan kunda Konfederatsiya yana bir jiddiy zarbaga uchraydi. Jangovar harakatlarning g’arbiy sahnasida general Grant Viksberg fortini ishg’ol qiladi va dushmanning 28 ming nafar askarini asirga oladi. 8-iyulda general N.Benksning askarlari Luiziada joylashgan Port-Xadsonni egallaydilar. Shu tariqa Ittifoq Missisipi daryosi vodiysi ustidan nazorat o’rnatdi, Konfederatsiya esa ikki qismga bo’linib qoldi.



Tennessidagi janglar.

1862-yil oxirida G’arbdagi Kumberlend armiyasining qo’mondoni etib, general Uilyam Rouzkrans tayinlanadi. 1862-yil dekabrida u general Breggning Tennessi armiyasini Stoun River jangida mag’lub etadi va Tullaxoma istehkomiga chekinishga majbur etadi. 1863-yil iyun-iyul oylarida olib borilgan Tullaxoma kampaniyasi nomi bilan mashhur bo’lgan harbiy harakatlar davomida Rouzkrans Breggni bu safar Chattanugga chekinishga majbur qiladi. 7-sentabrda Bregg armiyasi Chattanugni ham tashlab chiqishga majbur bo’ldi. General Longstritning ikkita diviziyasi bilan kuchaytirilgan Bregg armiyasi 1863-yil 19-20-sentabrida sodir bo’lgan Chikamog jangida Rouzkransga jiddiy zarba beradi va Chattanugni qamalga oladi.

Agar shimolliklar Chatanugda taslim bo’lishsa, buning oqibatlari Federal armiya uchun halokatli bo’lishi mumkin edi. Biroq general U.Grant armiyasi 23-25-noyabr kunlari Chattanug janglari natijasida shahar qamalini yorib o’tdi va Bregg armiyasini uloqtirib tashladi. Chattanug uchun janglarda shimolliklar tarixda birinchi marta tikonli simlardan foydalanishgan edilar.


Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling