Urushning ikkinchi davri (1863-yil may 1865-yil aprel) 1863 yilgi janglar.
1863-yilgi urush kampaniyasi shimolliklar uchun omadsiz boshlanishiga qaramasdan, Fuqarolar urushining borishida keskin burilish sodir bo’lishiga olib keldi. 1863-yil yanvarida Jozef Xuker federal armiyaning qo’mondoni etib tayinlandi. 1863-yil mayida u Richmondni ishg’ol qilish uchun hujum boshlaydi. Chanselorsvill jangida uning 130 ming kishilik armiyasi general Li ning 60 minglik armiyasidan mag’lubiyatga uchraydi. Bu jangda janubliklar birinchi marta tarqoq safda hujum qilish taktikasini muvaffaqiyat bilan qo’llagan edilar. Tomonlarning yo’qotishlari, shimolliklarda 17275 kishini, janubliklarda 12821 kishini tashkil etdi. Bu jangda Konfederatsiyaning eng yaxshi sarkardalaridan biri, janglardagi matonati uchun “ Tosh devor” deb nom olgan T.Jekson og’ir yarador bo’lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |