Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet11/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Dengizdagi harbiy harakatlar.

1862-yil dengizdagi harakatlar zirhli kemalar ishtirok etgan birinchi dengiz jangining sodir bo’lishi bilan ham mashhurdir. Norfolkni ishg’ol qilgan janubliklar orolga shimolliklar tomonidan cho’ktirib yuborilgan “Merrimak” fregatini olib chiqadilar va undan CSS “Virginia” zirhli kemasini yasashga muvaffaq bo’ladilar. 1862-yil 8-martda bu kema federal eskadriliyaga hujum qilib, ikkita yelkanli kemani hech qanday qiyinchiliksiz cho’ktirib yuboradi. Keyingi kun “Virginiya”ning federal flotga tegishli USS “Monitor” nomli zirhlisi bilan jangi bo’lib o’tadi. Bir necha soat davom etgan dengiz jangi natijasiz tugagan bo’lsada, eski yog’och kemalarning zirhlilarga qarshi tura olmasligini namoyon etdi va harbiy kemasozlik sohasida yangi eraning boshlanishiga turtki bo’ldi.

1862-yil aprelida Devid Farragut qo’mondonligidagi federal eskadiriya Yangi Orleanni ishg’ol qiladi. Janubliklar yaxshi pozitsiyalarga ega bo’lishlariga qaramasdan armiya, flot va xalq lashkari o’rtasidagi aloqalarning to’g’ri muvofiqlashtirilmaganligi oqibatida mag’lubiyatga uchraydilar. Yangi Orleanning qo’llashi natijasida janub o’zining muhim porti va kemasozlik markazidan mahrum bo’ldi. Shimol esa Missisipining quyi oqimlarini nazorati ostiga oldi va Konfederatsiyani muhim transport tomiridan mahrum edi. Pensakol, Yangi Orlean va Norfolkning qo’ldan ketishi natijasida janub o’zining barcha yirik kemasozlik markazlarini yo’qotdi va yirik flot yaratish rejalaridan voz kechishga majbur bo’ldi. Shu bilan birga ular Angliya va Fransiyaga bir nechta yozyurar paroxodlarni buyurtma qilishga muvaffaq bo’ladilar va ulardan asosan Shimolning savdo kemalariga qarshi qo’llay boshlaydi.


Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling