Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet14/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Gettisberg kampaniyasi.

Navbatdagi yorqin g’alabaga erishgan general Li shimolga hal qiluvchi yurishni tashkil etishni, Ittifoq armiyasini tor-mor keltirib, raqibga tinchlik sulhini taklif etishni rejalashtiradi. Konfederatsiyaning yaxshi tayyorgarlik ko’rgan 80 ming kishilik armiyasi Potamak daryosidan kechib o’tib, Pensiyavaniya hududiga bostirib kirdi va Gettisberg kampaniyasini boshlab yubordi. General Li armiyasi Shimolliklarni chalg’itish va yakson qilish maqsadida Vashingtonni shimoldan aylanib o’ta boshlaydi. Ittifoq armiyasi uchun vaziyatni murakkablashtirgan yana bir omil Potomak armiyasi qo’mondonligining Linkoln tomonidan kam tajribaga ega bo’lgan Jorj Midga topshirilishi ham edi. Hal qiluvchi jang 1863-yil 1-3 iyulda Gettisberg shaharchasi yaqinida bo’lib o’tdi. Bu jang Fuqarolar urushi tarixidagi eng shiddatli va qonli jang sifatida shuhrat qozongan. Janubliklar hal qiluvchi g’alabaga erishishishga harakat qilishgan bo’lsalar, ona yerlarini birinchi marta himoya qilayotgan shimolliklar ham favqulodda jasorat va matonat namoyon qilishgan edilar. Uch kun davom etgan jangovar harakatlar natijasida Janubliklar 27 ming kishisini yo’qotib, Virginiyaga chekinishga majbur bo’ladilar. Shimolliklarning yo’qotishi ham kam emas edi (23 ming kishi). Shuning uchun general Mid chekinayotgan raqibni ta’qib etmaslikka qaror qiladi.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling