Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi
Download 38.31 Kb.
|
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI
Shenandoa vodiysidagi kampaniya
1862-yil bahorida general Makklellan Richmondga Virginiya yarim orolidan, Virginiya federal armiyasi shimoldan hujum qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar va mart oyida Nataniel Benksning otryadi Shanandoa vodiysiga kirib keladi. Janub qo’mondonligi tomonidan vodiyni mudofaa qilish Tomas Jeksonning 5 ming kishilik otryadiga topshiriladi. Muvaffaqiyatsiz janglardan so’ng Jekson armiyasi vodiy bo’ylab janubga chekinishga va bir oy davomida kuch to’plashga majbur bo’ladi. 1862-yil 25-mayda Vinchester yaqinida sodir bo’lgan jangda Jekson Benks armiyasini tor-mor keltiradi. Natijada president Linkolnning shaxsan o’zi uchta armiyani vodiyda Jeksonni qurshovga olish uchun yuborishga majbur bo’ladi, biroq 1-iyunda Jekson armiyasi janubga chekina boshlaydi. 1862-yil 2-iyunda Jon Frimot (14 ming kishi) va Jeyms Shilds (10 ming kishi) qo’mondonligidagi ikki federal armiya Jeksonni ta’qib etib, vodiy bo’ylab janubga yo’l oladi. 8-iyunda Richard Yuel boshchiligidagi janubliklar Kross-Keys yaqinida Frimotning hujumini qaytargan bo’lsa, 9-iyunda Jeksonning o’zi Port-Repablik yaqinida Shelds armiyasiga hujum qilib, uni tor-mor keltiradi. Shu bilan Shenandoa vodiysidagi kampaniya nihoyasiga yetadi. Federal armiya shimolga chekinishga majbur bo’ldi, Jekson esa 18-iyulda Richmondga qaytdi va general Li qo’mondonligidagi armiyaga qo’shildi. Linkoln tomonidan “sekinlashtiruvchi” deb nomlangan Makklellan bosh qo’mondonlik martabasidan tushirilgan va armiyalardan birining qo’mondonligida Richmondga hujum qilish uchun yuborilgan edi. “Yarimoroldagi kompaniya” deb nomlangan harbiy harakatlar shu tariqa boshlanadi. Makklellan son jihatdan ustunlik va og’ir artilleriyadan foydalanib, urushni bitta kompaniyada nihoyasiga yetkazish, shu bilan birga tinch aholiga zarar yetkazmaslik va ishni qora tanlilarning ozod etilishigacha olib bormaslikni rejalashtirgan edi. Federal armiyaning 100 mingdan ziyod askarlari Virginiya sohillariga tushirildi, biroq janubliklar kam sonli bo’lishlariga qaramasdan Yorktayn jangidan so’ng bir oy davomida mudofaani saqlab turishga muvaffaq bo’ladilar. 1862-yil 4-mayda Yorktaun taslim bo’ldi. Janubliklar chekinib borar va Richmond hukumati evakuatsiyaga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Janublik general Jonston dushmanga hujum qilishga va uning korpuslaridan birini yanchib tashlashga qaror qiladi, biroq Seven-Payns yaqinidagi bo’lgan jangda muvaffaqiyat qozona olmaydi. Jonstonning o’zi jangda og’ir yarador bo’ldi va general Robert Li armiya qo’mondonligini qabul qildi. Bu jangning muhim tomonlaridan yana biri unda o’qotar qurollarning yangi turlari – gatling va mitralezlarning qo’llanilgani edi. Hozirgi pulemyotlarning uzoq prototini bo’lgan bu qurollar takomillashgan qurollar emas edi. Shuning uchun ham ular jangning borishiga jiddiy ta’sir ko’rsata olmaydi. Shunga qaramasdan, ham shimol, ham janub armiyasida turli konstruktorlarning yangi qurollari paydo bo’la boshlaydi. Robert Li janub armiyasi qo’mondonligini qabul qilgan paytda, general Jekson Shenandao vodiysidagi kompaniyani nihoyasiga yetkazgan va Vashingtonga yurish qilishga tayyor edi. Biroq general Li uni Richmondga chaqirib oladi. 1862-yil 23 iyunda janub armiyasi qo’mondonlari Richmondda uchrashishadi va keyingi hujum rejasini muhokama qilishadi. Dushmanga Chekaxomin daryosidan shimolda joylashgan pozitsiyalarda hujum qilishga qaror qilinadi. Bu hujumning ortidan boshlangan janglar tizimini tarixga “ Yetti kunlik urush “ nomi bilan kirgan.1862-yil 26-iyunda general Li qo’mondonligidagi armiya hujum boshlaydi, ammo harbiy harakatlar muvaffaqiyatli chiqmaydi. Shunga qaramasdan, Shimol qo’mondonligi dushmanning faolligidan tashvishga tushib, armiyani yaqin bazalarga qaytarishga qaror qiladi. 27-iyunda general Li chekinayotgan shimolliklarga hujum qiladi. Janub uchun g’alaba bilan yakunlangan Geins-Mill jangi bo’lib o’tadi. Buning ketidan general Li chekinayotgan Maklellan armiyasiga hujum qilishga qaror qiladi, ammo armiya ichidagi kelishmovchiliklar tufayli Glendeyl yaqinidagi sodir bo’lgan jangda muvaffaqiyat qozona olmaydi.Bu butun urush davomida Potomak armiyasining yanchib tashlash uchun general Lida paydo bo’lgan yagona imkoniyat edi, biroq general Li undan foydalana olmadi. 1862-yil 1-iyulda janubliklar Malvenr-Xill yaqinida yana dushmanga hujum qiladilar. Jangni yaxshi tashkil etilmaganligi oqibatida janub armiyasining yo’qotishlari juda katta bo’ldi, biroq shunga qaramasdan federal armiya chekinishda davom etdi. Mazkur kompaniyaning e’tiborli jihatlaridan yana biri 1862-yil 9-martda Virginiya sohillarida zirhli kemalarning birinchi jangi bo’ib o’tdi. General Makklellan Virginiya yarim orolida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Linkolin endigina tashkil etilgan Virginiya armiyasining qo’mondoni etib general Jon Poupni tayinlaydi. Bu armiya Vashington va Shenandao vodiysini himoya qilishi, ayni vaqtda yarimorolda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Makklellan armiyasidagi dushmanni chalg’tish lozim edi. General Li darhol shimolga Jekson armiyasini tashlaydi. U Virginiya armiyasini qismlarga bo’lib tor-mor etishga qaror qiladi, ammo Kedr Tog’i yaqinida sodir bo’lgan jangdan so’ng bu rejasidan qaytishga majbur bo’ladi. 15-avgustda general Li armiyasi ham harbiy harakatlar maydoniga yetib keladi va Poup himoyaga chekinishga majbur bo’ladi. 29-30-avgustda Poup armiyasi, Bul-Randa yana mag’lubiyatga uchraydi va chekinishda davom etadi. Jekson Poup armiyasini qanotlardan aylanib o’tib, Vashingtondan kesib qo’yishga harakat qildi. Shantili yaqinida sodir bo’lgan navbatdagi jangida Jekson muvaffaqiyat qozona olmagan bo’lsada, Poup ham qarshi hujumga o’tishdan voz kechadi va armiyasini Vashington mudofaasini mustahkamlash uchun olib ketadi. Download 38.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling