Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Urushning birinchi davri (1861-yil aprel – 1863-yil aprel)


Download 38.31 Kb.
bet4/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Urushning birinchi davri (1861-yil aprel – 1863-yil aprel)

1861-yilgi janglar

Harbiy harakatlar 1861-yil 12-aprelda Charlston buxtasida joylashgan Samter forti uchun jangdan boshlanadi. Fort 34 soat davomida o’qqa tutilgach, janubliklarga taslim bo’ladi. Bunga javoban Linkoln janubiy shtatlarni isyon holatida deb e’lon qiladi, ularning sohillarini dengizdan qamal qilishni buyuradi va AQSh armiyasiga 75 ming nafar ko’ngillini olish to’g’rida proklamatsiya chiqaradi. Ko’ngillilarni to’plash to’g’risidagi proklamatsiyaning chiqarilishi shu vaqtgacha ikkilanib turgan shtatlarga jiddiy ta’sir ko’rsatdi va Virginiya, Shimoliy Karolina hamda Tennessi shtatlarning sesessiya uchun ovoz berishlariga olib keldi.

Shimolda ham, Janubda ham ko’ngillilar dastlabki paytlarda talab etilgandan ham ko’proqni tashkil etgan. Biroq aholi orasidagi urushga bo’lgan xayrixohlik tez orada so’na boshladi va safarbarlik to’g’risidagi qonun qabul qilinishiga olib keldi. 1862-yil aprelida Janub hukumati 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan erkaklarning, jumladan qora tanlilar, amaldorlar va ruhoniylarni armiya safiga chaqirish to’g’risida qonun qabul qiladi. 1862-yil iyulida shunga o’zshash qonun Shimolda ham qabul qilnadi. Bundan tashqari, Shimol armiyasida Germaniyalik 177 ming va Irlandiyalik 144 ming immigrantlar ham bo’lgan.

1861-yil 16-iyulda federal armiya Vashingtondan yo’lga chiqadi va 18-iyulda Bul-Ran daryosi bo’yida Janub qo’shinlarini bilan uchrashadi. 21-iyulda ular o’rtasida birinchi – Bul-Ran yonidagi jang bo’lib o’tadi. Yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan shimolliklar qochishga majbur bo’ladilar. Qolgan uchta quldorlik shtatlarining Janub tomonga o’tib ketishidan xavfsiragan AQSh Kongressi 1861-yil 25-iyulda urushni Ittifoqni saqlab qolish uchun olib borilayotganligini e’lon qilgan va hukumatdan qulchilik institutiga qarshi hech qanday harakatlarni talab qilmaslikni ilgari surgan Krittenden-Jonson Rezolyutsiyasini qabul qiladi. 1861-yil kuziga kelganda Shimol harbiy harakatlarning sharqiy sahnasida general Jorj Makklellan qo’mondonligidagi yaxshi qurollangan armiyaga ega edi. 1861-yil 1-noyabrda general Maklellan barcha armiyalarning bosh qo’mondoni etib tayinlanadi. Biroq Maklellan layoqatsiz qo’mondon bo’lib, ko’pincha faol harbiy harakatlardan qochishga urinar edi. 1861-yil 21-oktabrda u boshchiligida harbiy qismlar AQSh poytaxtidan uncha uzoq bo’lmagan Bells-Blaff yaqinida tor-mor keltiriladi. Urushning birinchi davrida Konfederatsiya sohillarining qamal qilinishi anchayin muvaffaqiyatli chiqdi. 1861-yil 8-noyabrda ingliz paroxodi “Trent” bilan birga Janublik emissarlarning qo’lga olinishi AQShni Buyuk Britaniya bilan urush yoqasiga keltirib qo’yadi.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling