Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet9/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Merilend kampaniyasi.

1862-yil 4-sentabrda general Li armiyasi Merilend yerlariga bostirib kirdi va Merilend kompaniyasi orqali federal armiya kommunikatsiyasini kesib qo’yish va Vashingtonni o’rab olishga umid qildi. 7-sentabrda general Li armiyasi Frederik shahriga kirib keldi va bu yerda general o’z armiyasini qismlarga bo’lib tashlashga qaror qilib, katta tavakkalchilikka yo’l qo’yadi. Tasodifan janub armiyasini hujum rejasi ( “91-Maxsus buyruq” ) federal armiya qo’mondonligi qo’liga tushib qoladi va general Makklellan tezlik bilan Potomak armiyasini general Lining Merilend bo’ylab tarqatib yuborilgan armiyasini tor-mor etish uchun tashlashga qaror qiladi. Janub armiyasi Sharpsberg tomonga chekina boshlaydi. Janubiy tog’lar yaqininda bo’lib o’tgan janglarda janub armiyasi federal qo’shinlarni atiga bir kunga to’xtatib turishga muvaffaq bo’ladi. Bu orada 15-sentabrda general Jekson armiyasi Xarpers Ferri fortini egallaydi va o’z diviziyalarini Sharpsbergga tashlaydi.

17-sentabrda Sharpsbergda general Lining 40 ming kishilik armiyasi Makklellanning 70 ming kishilik armiyasi hujumini qaytarishga majbur bo’ladi. Entestem jangi nomi bilan mashhur bo’lgan urushning “eng qonli kunida” 4808 askar halok bo’ldi, 18578 nafari yaralandi. Jang durang bilan tugagan bo’lsada, general Li chekinishga qaror qiladi. U armiyasini Potomak daryosidan janubga olib o’tib, Merilendga qayta bostirib kirishni rejalashtiradi. Ammo unga general Makklellan uni ta’qib etishni boshlaganligi haqidagi yo’lg’on xabarga ishonib, Merilendga qayta bostirib kirish rejasidan voz kechadi.

Vashington ma’muriyati Makklellandan hal qiluvchi qarshi zarbani berishni talab qilsada, oktyabr oyining boshlarida ham federal armiya Potomak shimolidagi lagerlarda turar edi. 10-12-oktyabrda janublik general Jeb Styuart Potomak armiyasiga hujum qilib oziq-ovqat va qurol-yarog’ zahiralarini egallab oladi. Federal armiyaning otliq qismlari ham unga qarshilik ko’rsata olmaydi. Bu yurishdan so’ng Linkoln Makklellanga bo’lgan ishonchini butunlay yo’qotadi va uning o’rniga Embrouz Bernsayd qo’mondon etib tayinlanadi.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling