Mavzu: aqshda fuqarolar urushi reja: Urushning sabablari Ittifoqning parchalanishi


Download 38.31 Kb.
bet6/27
Sana05.01.2022
Hajmi38.31 Kb.
#232958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLAR URUSHI

Dengizdagi harbiy harakatlar

Fuqarolar urushining boshlanishi bilan amerika harbiy-dengiz flotining asosiy tarkibi Federal hukumatga sodiq qoldi va harbiy kemalarning katta qismi ham shimolliklar nazorati ostida bo’lgan bazalarda joylashgan edi. Bu Federal hukumatga urushning boshidan isyonchi shtatlar sohillarini qaml qilish, ularning portlarini chet el savdo kemalari uchun yopib qo’yish imkoniyatini beradi. Konfederatsiya Yevropadan olib kelinadigan sanoat mahsulotlariga favqullodda darajada bog’liq bo’lib, qamal boshlanishi bilan chet el sanoat mahsulotlari va qurol-yarog’lar Janubga faqat kontrabanda yo’llari bilan va uncha katta bo’lmagan miqdorda olib kelinishi mumkin edi. Karib dengizidagi Yevropa mustamlakalarining tezyurar paroxodlari kechasi shimolliklarning qamal kemalarini aylanib o’tib, janub portlariga yuklarni yetkazib bera boshlaydi. Janub bozorlarida yuzaga kelgan taqchilik va shu bilan birga narxlarning keskin ko’tarilib borishi kontrabanda savdosini juda foydali tadbirkorlikka aylantirgan edi. Ammo tezyurar paroxodlarning kapitanlari Janub armiyasi uchun suv va havodek zarur bo’lgan qurol-yarog’larning o’rniga katta foyda olish mumkin bo’lgan zeb-ziynat mahsulotlari va buyumlarini olib o’tishni maqul ko’rishgan.

Janub sohillarini qamal qilish bilan birga AQSh harbiy-dengiz floti sohil bo’ylab olib borilayotgan harbiy operatsiyalarda federal armiyani qo’llab-quvvatlashga ham katta xissa qo’shdi. 1861-yil 3-7-noyabr kunlari qo’mondon Samuel dyu Pont boshchiligidagi eskadriliya tomonidan yaxshi himoylangan Port-Royalning ishg’ol etilishi 1861-yilgi harbiy harakatlarning eng yirik dengiz jangi sifatida tarixga kirdi. Bu operatsiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi federal flotga janubiy shtatlar hududida muhim tayanch nuqtasini qo’lga kiritish imkonini beradi.

Federal flot bilan ochiq dengizda jang qilish imkoniyati bo’lmagan janubliklar Norfolk va Pensakol, shunigdek, Yangi Orleanda qo’lga kiritilgan harbiy-dengiz arsenalidan bir qancha yirik zirhli kemalar qurishni boshlab yuboradilar. Zirhlilar yordamida janubliklar Shimolning yog’och kemalaridan iborat harbiy-dengiz floti ustidan ustunlikka erishishni rejalashtirgan edilar. Biroq Janubning bu rejasi ham muvaffaqiyatli chiqmaydi, chunki shimolliklar ham zirhli kemalar qurilishini boshlagan edilar. Zirhlilar bilan birga janubliklar o’z sohillarini himoya qilish uchun dengiz minalari va taranli kemalar kabi harbiy-dengiz sohasining eng so’nggi yangiliklaridan ham foydalana boshlaydilar.




Download 38.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling