Dengizdagi harakatlar
1865-yil boshlariga kelib dengizdagi harbiy harakatlar deyarli to’xtagan bo’lib, dengiz qamalining keskin kuchaytirilishi natijasida Yeropaning tezyurar paroxodlari ham janub portlariga kirib boorish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar. Konfederatsiya Yevropadan va ta’minotdan butunlay uzib qo’yilgan edi. Fuqarolar urushi davomidagi oxirigi yirik dengiz operatsiyasi Uilmington porti kirish qismida joylashgan Fisher fortining egallanishi bo’ldi. Uilmington Yevropa tezyurar kemalari kirib kelishi mumkin bo’lgan oxirgi port bo’lib, general Li armiyasining ta’minotida muhim strategic ahamiyat kasb etar edi. Bu masalani hal etish uchun 1865-yil 23-yanvarda federal flot o’zining butun kuchi bilan hujumga o’tdi va ikki kun davom etgan bombardirovkadan keyin Fisher fortini ishg’ol qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |