U kimdirki, dunyoda o‘lmay qolur. (Sa’diy)
U shohlarki, sendan burun o‘tdilar, Bir oz aysh etib, qoldirib ketdilar. (Sa’diy)
Keltirilgan qo‘shma gaplarning bosh gapi tarkibidagi olmosh sifatlovch to’ldiruvchi vazifasida kelgan. Bundan tashqari, bosh gap tarkibidagi mazmuni izohlanuvchi olmosh qaratqichli to’ldiruvchi bo‘lishi ham mumkin. Bu qaratqichli olmosh o‘z aniqlanmishining o‘rnini ham egallagan ko‘rsatish olmoshi bo‘ladi:
…har bir xalqning diniy qarashini hurmatlash tarafdormiz. Lekin, shu bilan birga, biz shuning tarafdorimizki, hech bir kimsa diniy e’tiqodlar niqobi ostida odamlarni o‘ldirmaydigan bo‘lsin…36
Do'stlaringiz bilan baham: |