Mavzu: Arab tilshunosligi. Arab leksikografiyasi. Reja: Kirish. I. Arab tilshunosligining paydo bo‘lishi. Asosiy qism
Download 41.39 Kb.
|
Mavzu Arab tilshunosligi. Arab leksikografiyasi. Reja Kirish. -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xulosa. Kirish. Mavzuning dolzarbdligi.
Mavzu: Arab tilshunosligi. Arab leksikografiyasi. Reja: Kirish. I. Arab tilshunosligining paydo bo‘lishi. Asosiy qism Mavzu: Arab tilshunosligi. Arab leksikografiyasi. Reja: 1. Kirish. I. Arab tilshunosligining paydo bo‘lishi. 2. Asosiy qism: I. Arab tilshunosligiga hissa qo‘shgan allomalarimiz. II. Arab tilshunosligidagi maktablar. III. Arab leksikografiyasi. IV. Arab tilshunosligida lug‘at tuzish an'analari. 3. Xulosa. Kirish. Mavzuning dolzarbdligi. Barchamizga ma'lumki Allohning eng so‘ngi va mukammal dini bu Islomdir. Uning ilohiy kitobi esa Qur’oni Karim. Ushbu kitob arab tilida nozil bo‘lgani sir emas, albatta. Ana shu muqaddas kitob yozilgan til barchamizga qiziq. U tilning qanday paydo bo‘lgani, qanday o‘zgarishlarga uchragani, grammatik va leksik, fonetik xususiyatlarini bilish har birimiz uchun qiziqarli va foydalidir. Leksikografiya (qadimgi yunoncha: λεξικόν [leksika] va γράφω [grafiya] - yozuv) — lugʻatlar tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lug'atchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lugatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqa leksikografiya lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek leksikografiyasi tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlar manbasi hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) lugʻatlardandir. Mahmud Zamaxshariy oʻzining "Asos ul-balogʻa", "Muqaddimat ul-adab" asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy leksikografiyaning rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. Bizning hududimizda shunday tarzda shakklana boshlagan lug‘atshunoslik Arab mintaqasida qay shaklda kechgani, bu soha rivojiga kimlar hissa qo‘shgani, lugʻatshunoslikning rivojlanishiga nimalar sabab bo‘lgani kabi masalar hammamiz uchun qiziq deb hisobladim. Arab tilshunosligi. Arab leksikografiyasi mavzusida ayanan shuning uchun kurs ishi yozishga qaror qildim. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling