Mavzu: "Arbain"dagi qit’alardan yod olish va sharhlash


Download 106.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.07.2023
Hajmi106.48 Kb.
#1662359
Bog'liq
Arbain



Mavzu: “Arbain”dagi qit’alardan yod olish va sharhlash
• 
Qit’a janri Navoiy lirikasida. 
• 
“Arbain” asaridagi qit’alar haqida. 
• 
“Arbain” asaridagi qit’alar sharhi. 
Qitʼa Navoiy lirikasida alohida mavqega ega boʻlgan janrlardan biridir. U shakliga koʻra gʻazalga yaqin 
turadi. Undan faqat dastlabki bayt qofiyasining erkinligi bilan farqlanadi. Uning qofiyalanish tartibi a: a, 
d: a, e: a, f: a,… koʻrinishida boʻladi. Odatda, qitʼaning eng kichik shakli ikki baytdan iborat boʻladi. 
Qitʼaga aniq chegara qoʻyilmagan. U koʻproq falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-maʼnaviy masalalarni 
tilga olishi bilan ajralib turadi.
Tuzluk ta’rifidakim, shior qilg'ang'a sa'b ishlar osondur va kulli umur suhuyakson lat bila
Tuzlukka moyil o‘lki, ishing borg'ay ilgari,
Yuz mushkil o‘lsa yo‘qsa ming ollingda har zamon
Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam,
Ming qo‘yni bir aso bila har yon surar shubon.
Ushbu qit'a to'g'rilik ta'rifiga bag'ishlanadi. Unda shoir kimki hayotda to'g'rilik yo'lini tutsa, Alloh uning 
mushkulini har yerda oson qilib, ishlari hamisha oldinga yurishini uqtiradi. Bunda u kotibning yuz 
sahifani birgina qalam bilan bitishi va ming qo'yni cho'pon birgina hassa bilan olib yurishini o'z fikrining 
isboti tariqasida keltiradi.
Yaxshi xotunlar safoyi ro‘zgori quyosh nurig'a misoldur va shamsning muannas ekani munga dol
Yaxshi xotunlar safoyi zuhdidin,
Olam ichra gar yorug'luq bo‘lsa fosh.
Yo‘q ajab, chunkim arab alfozida,
Istiloh ichra muannasdur quyosh.
Ayol - tabiatning eng go'zal xilqati. Agar u o'z xulqida ezgu fazilatlarni jamlasa, uning qadri shunchalar 
baland bo'ladiki, u bamisoli quyosh singari butun olamni munavvar etib turadi. Ushbu qit'ada buyuk shoir 
ana shu haqiqatni o'ziga xos go'zal shaklda ifodalab bergan.
Nokas kishi bo‘lmaslikda...
Nokas-u nojins avlodin kishi bo‘lsun debon, Chekma mehnatkim, latif o‘lmas kasofat olami. Kim, kuchuk 
birla xo‘dukka necha qilsang tarbiyat,
It bo‘lur, dog'i eshak, bo‘lmaslar aslo odami.
Mazkur qit'a ham g'oyat ibratli bo'lib, unda ko'p narsa insonning o'ziga bog'liqligi aytiladi. Darhaqiqat, 
dunyoda shunday kimsalar ham borki, ularga odamiylik sifatlari mutlaqo begona. Siz ularni "odam" 
qilaman deb har qancha urinmang, foydasi yo'q. Axir kuchuk bilan xo'tikni qancha tarbiya qilsangiz ham, 
ular kelajakda faqat it va eshak bo'ladi xolos-ku!
Kamol kasbiga dalolat-u nuqsonidin izhori malolat
Kamol et kasbkim, olam uyidin


Sanga farz o‘lmag'ay g'amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Ushbu qit'a hazrat Navoiyning eng mashhur qit'alaridan bo'lib, unda insoniyat uchun o'ta muhim bo'lgan 
ezgu amalga undaladi: «Olam uyi»ga -dunyoga kelganingdan keyin kamolotni «kasb et», komil shaxs 
bo’l. Bu dunyodan kamolotga erishmay ketmoq, ya’ni «g’amnok chiqmoq» hammomga kirib, poklanmay 
chiqishday gap. Buyuk shoir komillikka erishmaslikni «farz o’lmag’ay» deb juda keskin qo’yadi...

Download 106.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling