Mavzu: Areal lingvistika masalalarini yoritishda geografiyaning o’rni. Reja


Download 42.07 Kb.
bet2/2
Sana28.01.2023
Hajmi42.07 Kb.
#1135775
1   2
Bog'liq
Mavzu (автовосстановление)

Areallar.(lotincha arealis -maydon , bo’shliq ). Mos hodisalar ayrim bo’laklarining lingvistik kartada tarqalish zo’nasini, ya’ni tilning dialektal farqlanishini anglatadi. Til zonalari tarixiy taraqqiyotida hamma dialektlarga hos xarakterli xususiyatlar-areallar qisqarishi va ularning mayda-mayda zonalarga bo’limib ketish qonuniyati ham lingvogeografik tadqiqot natijasida aniqlanadi.Ma’limki ,qarluq ,qipchoq va o’g’uz turkey tillari gruppalari dialektlarning Uzbekiston teritoriyasida ixchamlashib ,faqat o’zbek tilining qarluq ,qipchoq va o’g’uz dialektlari zonasiga aylanib qolganligi o’zbek dialektologlari tomonidan dialektologik va lingvogeografik tadqiqodlarda aniqlab chiqdilar.
Aralash zona. Bir til yoki dialekt ichida boshqa bir til yoki dialekt elementlarining mavjud bo’lishi .O’zbek shevalarida tojik tili elementlari aralashgan zonalarning O’zbekiston va Tojikiston teritoriyasida barqarorligi aralsh zona hisoblanadi.
Lingvistik karta – lingvogeografik tadqiqotning asosiy nuqtasidir . Sinxronik tadqiqot natijasi hisoblangan lingvistik kartada til tarixining hamma davri o’z aksini topishi mumkin.Lingvistik kartada 2 xil metodag asoslanib tuziladi.1) Lingvistik strukturani tadqiq qilish .2) Til lanshaftini o’rganish metodi .
Bu hol kartalashtirish metodi bo’yicha va kartalashtirishning asosiy harakterini hamda lingvistik iagruzka bilan farqlanadigan kartalarning ikki hil asosiy tplarining tuzilishiga sabab bo’ldi:a)Sintetik karta .Bu karta roman lingvogeografiyasida keng tarqalgan bo’lib ,unda har bir punktdagi formalar kartaga bevosita yoziladi.b)Analitik karta .Bu kartada shartli belgilar sistemasiga ,simvollarga suyaniladi va bir-biridan farqlanadigan belgilarning kelib chiqishi taxmin qilinadi.Bu tip karta nemis shevashunosligi makatabiga xosdir. Agar sintetik karta fonetik taranskripsiya yoki tradision orfagrafiyaga suyanib ,faqat yozuv harakteri bilan farqlansa ,analitik kartaning esa grafik tuzilishi har hil bo’lishi mumkin .Yoppasiga anketalashtirishda hamda qabul qilingan shartli belgilar hajmining kichikligi bilan bunday karta asosan rangdorlik metodi yaqqollikni saqlqgqn holda muhim areallarni va o’tuvchi zonalar xarakterini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi.To’plangan materialning harakteriga qarab kartalar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lish mumkin:1)Boshlang’ich yoki tayanch karta ,unda tablisa materiallari ham muhim rol o’ynaydi.2)Oraliq yoki yig’ma karta .Bu kartada bir tipli yoki chog’ishtiriladigan hodisalar yig’ilgan bo’ladi. Mazmuni va material joylashtirish prinsipi jihatidan tayanch karta ish bajarishi jihatidan sintetik yoki analitik bo’lgan holda faqat tematik bo’lishi mumkin .Tayanch tarmoq juda qalin bo’lsa hamma aholi punkti yoppasiga apketalashtirishi ham mumkin .Agar tayanch kartada kartalashtirishning sintetik yoki analitik metodlarini qo’llash mumkin bo’lsa ,ochiq karta esa ,faqat grafik imkoniyatlar bilan chegaralanadi va faqat analitik bo’lishi mumkin . Oraliq karta ayrim umumlashtirishni ko’zda tutadi, bu uning grafik tuzilishida aks etadi.
Download 42.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling