Мавзу: ареал ща+ида таълимот
Download 370.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’arbiy Kavkaz.
- G’arbiy Oloy.
- Karpat tog’lari(sh.k.49°i yaqini).
- Jung’or Olatovi(sh.k. 45°i yaqini).
Ishni bajarish tartibi:
1.MDH tog’ tizmalari tik mintaqalarini o’rganish. 2.MDH tog’ o’simliklari qoplami o’zgarishi(almashinishi) profilini aniqlash. MDH tog’lari o’simliklari qoplami almashinishi profilini tuzish uchun millimetrli qog’ozga vertikal bo’ylab o’simliklar qoplami poyaslari va ularning joylashish balandligi(metrda) chiziladi, gorizantal bo’ylab turli tog’ tizimlari joylashtiriladi. Tik mintaqalar ko’rsatkichlari: G’arbiy Kavkaz. 400 m.gacha – Subtropik tipdagi doim yashil o’simliklar aralashgan o’rmonlar. 400-1100 m. – Bargini to’kuvchi buk o’rmonlari. 1100-1800 m. – Pixta va eldan tashkil topgan ninabargli o’rmonlar. 1800-1900 m. – Bargini to’kuvchi daraxtlardan iborat o’rmonlar. 1900-2000 m. – Rododendron jamoasi va boshqa butachalar hamda quyiyaylov o’tloqlari. 2000-2300 m. – Past bo’yli yaylov o’tloqlari. 2300-2350 m. – Yostiqsimon va qoya o’simliklari. G’arbiy Oloy. 300 m.gacha – Dasht. 300-900 m. – O’rmon dashti. 900-1900 m. – To’qninabargli o’rmonlar. 1900-2300 m. – Tog’-tundra butachalari va quyiyaylov o’tloqlari. 2300-2700 m. –Tog’-tundra mintaqasi(yashil moxlar va gulli o’simliklarning ba’zi vakillari ishtirokida). 2700 m.dan yuqori qor qoplami. Karpat tog’lari(sh.k.49°i yaqini). 650 m.gacha – Buk o’rmonlari. 650-1300 m. – Oq pixta va evropa elidan tashkil topgan ninabargli o’rmonlar. 1300-1600 m. – rododendron jamoasi, ninabarglilardan-stlannik. 1600-1800 m. – Tog’-tundra mintaqasi. 1800-1900m. – Yostiqsimon o’simliklar. 1900 m.dan yuqori qor qoplami. Jung’or Olatovi(sh.k. 45°i yaqini). 600 m.gacha – Shuvoqli cho’llar. 600-1200 m. – Chalovli-tipchakli dashtlar. 1200-1800 m. – O’rmonli dasht. 1800-2700 m. – El, pixta va kedr qarag’ayidan tashkil topgan ninabargli o’rmonlar. 2700-3000 m. – Archazor. 3000-3350 m. –Yaylov o’tloqlari. 3350 m.dan yuqorida qor qoplami. Pomir 3400-4300 m. – Baland tog’ cho’llari – tereskenzorlar. 4300-4900 m. – Tereskenli cho’llar yostiqsimon o’simliklar bilan birga. 4900-5600 m. – Yostiqsimon o’simliklar. 3.Gerbariy materiallari va internet ma’lumotlari asosida quyiyaylov va yaylov mintaqalarining edifikatorlari, dominantlari va subdominantlari bilan tanishish va rasmini chizish. Sochsimon kobreziya(Cobresia capilliformis). Hilol turlari(Carex sp.). Yaltiroq toron(Polygonum nitens). Botqoq toshyorari(Saxifraga hirculus). Edelveys(Leontopodium ochroleucum). Alp astrasi(Aster alpinus). Karelin erbahosi(Gentiana karelinii). Shrenk eli(Picea schrenkiana). Sibir archasi(Juniperus sibirica). Kazak archasi(Juniperus sabina). Tiyonshon gunafshasi(Viola tianschanica). To’qqirmizi suvyig’ar(Aqulegia atrovinosa). Doirabarg parpi(Aconitum rotundifolium). Tog’sevar isparak(Delphinium oreophilum). Download 370.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling