O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1.Geobotanik xaritadan o’rmon zonasi kichik zonalarini ko’rsating. Ularning tuproq – iqlim sharoitini tavsiflang.
2.Har bir kichik zona uchun o’rmon hosil qiluvchi turlarni ayting. Ularning morfologik xususiyatlari qanday?
3.Siz o’rgangan turlar qaysi areal tipiga xos?
4.Har bir kichik zonaning fitosenozlari tuzilishini va ularning mavsumiy dinamikasini tavsiflang.
3-mavzu: Dasht zonasi o’simliklari qoplami
Ishning maqsadi: Dasht zonasi o’simliklari qoplami morfologik
xususiyatlari va turlari tarkibini o’rganish.
Ishni bajarish tartibi:
1.Dasht zonasi geografik guruhlari bilan tanishish, ularning kichik zonalarini geobotanik xaritadan topish va yozuvsiz xaritaga tushirish:
- O’tloq dashtlari kichik zonasi;
- Har xil o’tli – chimboshoqli dashtlar kichik zonasi;
- Chim – boshoqli dashtlar kichik zonasi;
- Cho’l shuvoq- chim- boshoqli dashtlar kichik zonasi;
2.Dasht boshoqdoshlari floristik tarkibini o’rganish, quyidagi o’simlik turlari bilan gerbariy materiallari va internet ma’lumotlari asosida tanishish va rasmini chizish:
- CHalov (Stipa) turlari;
- Tipchak (Festuca sulcuta);
- O’rkachli bug’doyiq (Agropyron cristatum);
- Qo’ng’irbosh (Poa)turlari;
- Yaltirbosh (Bromus) turlari.
3. Har xil o’tli dashtlarniing uzun vegetattsiyali o’simliklarining floristik tarkibi va morfologik xususiyatlarini o’rganishi. Olingan natijalar asosida quyidagi jadvalni to’ldirish:
Jadvalga quyidagi turlar kiritiladi:
Yoyilgan g’ozpanja (Potentilla punifusa);
Marmarak (Salvia nutaus);
Rus bo’tako’zi (Centaurea ruthenica);
Supurgisimon qochim (Gypsophila paniculata).
Do'stlaringiz bilan baham: |