Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet31/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Avstraliya olami
Avstraliya va Tasmaniya oroli Avstraliya floristik olamini tashkil qiladi. Bu olamda yuksak o’simliklarning 12049 ta turi qayd qilingan bo’lib, ulardan 9086 tasi (yoki 75%) endem turlardir. Bo’r davrida bu orollarni materikdan ajralib qolishi endem turlarning ko’p saqlanib qolishiga imkon bergan. Avstraliya viloyatida 486 tur akatsiya, 342 tur evkalipt va 50 turga ega bo’lgan banksiya turkumlarining vakillari mavjud.
Avstraliyada uchraydigan akatsiyalarning ko’pchiligida barg plastinkasi yaxshi rivojlanib, bandi yassi bo’ladi. Shuning uchun ham ular fillodiyli akatsiyalardir: Avstraliya uchun en­dem hisoblangan evkaliptlarning balandligi 150 m bo’lib, tez o’sadi. Evkaliptlar qimmatbaho smolaga boy bo’lib, undan xo’jalik ehtiyojlari uchun keng foydalaniladi.
Avstraliya floristik viloyati uchun yuqorida ko’rsatilgan oilalardan tashqari tsefalotadoshlar, tremendradoshlar, gudeniyadoshlar ham endemdir. Ularning hammasi Avstraliya flora elementini tashkil qiladi.
Avstraliyadagi eremeya materigining o’rni mezozoy erasida dengiz bo’lib, Avstraliyani ikkita orolga ajratib turgan. Uchlamchi davrda Avstraliya florasi paleotrrpik viloyatning Maleziya viloyati florasi bilan ikki marta birlashish imkoniga ega bo’lgan va yana ajralib ketgan. Shuning uchun ham bu erda Maleziya uchun xos bo’lgan ba’zi vakillarini uchratish mumkin. Shunday qilib, Avstraliya florasi bo’r davrida Antarktidadan ajralib chiqqan va mezozoy erasi davomida rivojlangan.
Avstraliya floristik olami 3 ta kichik viloyatga: Shimoli-sharqiy, Eremeya va Janubi-G’arbiy Avstraliya viloyatlariga bo’lib o’rganiladi.

Kap floristik olami


Kap viloyati Afrikaning janubida joylashgan bo’lib, 14000 tur yuksak o’simliklardan tashkil topgan. O’rtacha yillik temperatura 14—18°. Yillik yog’ingarchilik 700 mm. Kap olamida proteydoshlar 262 tur, vereskdoshlar 460 tur, restionadoshlar 80 tur, amarillisdoshlar 80 tur, savsarguldoshlar 161 turga ega. Shuningdek, orxisguldoshlar, terebintadoshlar, kislitsadoshlar, rutadoshlar, boshoqdoshlar, qiyoqdoshlar va murakkabguldoshlarning vakillari ham keng tarqalgan.
Olamning toshloqli yassi tog’larida doim yashil butalar uchraydi. Butazorlar orasida piyozli, ildizpoyali, tugunakli o’tlar o’sadi. Ularning ko’pchiligi yuqorida ko’rsatilgan oilalarning vakillaridir.
Kap olamining shimoliy chegarasidagi Karru cho’li uchun akatsiya, sukkulent holdagi bir qancha o’simliklar, yovvoyi tarvuz hamda 300 turga ega bo’lgan mezembriantemum turkumi xarakterlidir. Mezembriantemumning ayrim turlari toshga o’xshash ko’rinishda o’sadi. Bu o’simlik mimikriya (sharoitga moslanish natijasida o’z hayotini saqlab qolish) hodisasiga ti­pik misol bo’ladi.
Kap olamida 1000 ga yaqin manzarali o’simliklarni uchratish mumkin.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling