Madagaskar viloyati. Madagaskar oroli va uning atrofidagi Maskaren, Seyshel, Amirant va Kamor orolchalarini o’z ichiga oladi. Madagaskar Afrikadan uchlamchi davrning boshlarida ajralgan. Bu hodisa Seyshel va Amirant orollari bilan undan oldinroq yuz bergan. Ba’zi olimlar bu orollarni Afrika va Hindistonni bir vaqtlar tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlari deb hisoblaydilar. Haqiqatan Madagaskar viloyatining florasi ko’p jihatdan Afrika va Hindiston florasiga o’xshash. Masalan, Madagaskarning g’arbidagi savannalarda o’suvchi 33 ga yaqin turkum vakillari Sharqiy Afrika o’simliklariga, 26 ta turkum esa Hindiston o’simliklariga o’xshash. Shuningdek bu kichik viloyatdan Golarktik floristik viloyatdagi va Janubiy Amerikadagi ba’zi o’simliklar o’sadi.
Umuman Madagaskar viloyati florasi 6765 turdan iborat bo’lib, ularning 89% i endem turlardir.
2 – savol bo’yicha dars maqsadi Neotropik, Avstraliya, Kap flaristik, Okyanik olamlarning viloyatlarini o’rganish haqida umumiy ma’lumotlar
Indintiv oquv maqsadi 1.1. Floristik olamlarning viloyatlar boyicha tushuncaga ega bo’ladi
2 – savolni bayoni
Neotropik olam
Neotropik floristik olamning shimoliy chegarasi Kaliforniya yarim oroli orqali Meksika ko’rfaziga o’tadi va Florida yarim oroli bilan chegaralanadi. Janubiy chegarasi esa Janubiy Amerikaning 40° kengligi orqali o’tadi va Galapogos orollarini o’z ichiga oladi.
Bu viloyat o’simlik turlariga juda boy bo’lib, faqat Braziliyaning o’zida 40000 dan ortiq o’simlik turi bor. Kaktusdoshlar, bromeliyadoshlar, nasturtsiyadoshlar kabi oilalarga mansub o’simliklar neotropik olam uchun endem hisoblanadi. Palmalarning ko’p turlari, geveya, maniok, malpigiya kabi turkumlarning daraxtsimon va liana holidagi vakillari, orxisguldoshlar oilasining ba’zi turkum vakillari hamda 500 turga ega bo’lgan anturiy va 200 turga ega bo’lgan filodendron kabi turkum vakillari endem o’simliklardir.
Neotropik floristik olam quyidagi 3 ta viloyatga bo’lib o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |