Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Makaroneziya floristik viloyati


Download 370.5 Kb.
bet25/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Makaroneziya floristik viloyati. Bu viloyat Yashil burun Kanar, Azor orollarini o’z ichiga oladi. Asosan, paleotropik, O’rta dengiz va boreal flora elementlaridan tashkil topgan bo’lib, endem turlarga boydir. Uchlamchi davrda bu erlarda O’rta dengiz atrofidan lavr, palma va zemlyanika daraxtlari, Afrikadan sutlama va molodilo kabi o’simliklar tarqala boshlagan. Endem o’simliklardan drakon daraxti, kanar qarag’ayi, daraxtsimon veresk kabilarni ko’rsatish mumkin. Dengiz sathidan 700—1600 m balandlikdagi tog’larda lavr o’rmonlari mavjud bo’lib, ular muz davrigacha bo’lgan qiyofasini saqlab qolgan. Undan yuqoriroqda ninabargli o’rmonlar mavjud. Tog’ cho’qqisida mox va lishayniklar uchray­di. Madaniy o’simliklardan shakarqamish, banan, ananas, ko­fe daraxti, choy, tok, tamaki, makkajuxori kabilar juda keng tarqalgan.
Evrosiyo dasht viloyati. Bu viloyat Vengriya dashtlaridan tortib Markaziy-Evrosiyodan Oltoygacha va Mo’g’ilistondan Shimoliy Xitoygacha davom etadi.
Migratsion nazariya tarafdorlarining fikriga ko’ra hozirgi Karpat tog’i, Bolqon yarim orolidagi tog’lar hamda Kavkaz va O’rta Osiyo tog’laridagi tog’ dashtlari muzlik davrigacha mavjud bo’lib, muzlik davridan keyin shu erlardan G’arbiy Evropaga dasht o’simliklari, ba’zi mezofit(namsevar) boshoqli va o’rmon zonasida esa qiyoqlar tarqala boshlagan. Shunday qilib, ba’zi bir turlar(xeliktotrixon, keleriya kabilar) neoendem tur­lar hisoblanadi.
Dasht florasining vakillaridan chalov, keleriya, betaga, qo’ng’irbosh, shuvoq, astragal, yovvoyi beda, qo’ziquloq, sigirquyruq, veronika kabi bir va ko’p yillik o’tlarni, yovvoyi bodom, qararay kabi butalarni ko’rsatish mumkin.
Osiyo cho’l viloyati. Bu viloyat Sharqiy Kavkaz, Mesopota­miya, Isroil, Eron, O’rta va Markaziy Osiyo, Gobi sahrosi va Qashqariyani o’z ichiga oladi. Uning florasi qadimgi Tetis dengizi o’rnida tarkib topgan bo’lib, Shimoliy Afrikadan Markaziy Osiyogacha bo’lgan maydonlarni o’z ichiga olgan edi. Mezazoy erasining oxirlarida Tetis dengizi asta-sekin quriy boshlagan.
Shimoliy Afrika-Hind viloyati. Sahroi Kabirning kattagina qismini, Liviya cho’lini, Hindistondagi Taro cho’lini, qadimgi O’rta dengizning g’arbiy va janubiy qismidagi cho’llarni o’z ichiga oladi. Uning florasi o’ziga xos endem turlardan tashqari, O’rta dengiz va Old Osiyoda o’suvchi ba’zi vakillardan (yantoq, qandim, yulg’un) tashkil topgan.
Bu floristik viloyat Golarktik olam bilan Paleotropik olam o’rtasidagi oraliq viloyat bo’lib, unda uchraydigan finik, palma, terak, fikus kabi daraxtlar vohalar da o’sadi; qumli maydonlarda esa selin, sutlama, isiriq, kovul, chalov, shuvoq kabi ko’p yillik va bir yillik o’tlar o’sadi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling