Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet21/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Golarktik floristik olam
Paleozoy va mezozoy erasining boshlarida quruqlikdagi flora deyarli bir xil bo’lgan. Yura davrida eng keng tarqalgan ginkgolarni Yaponiyadan Britaniyagacha, Grenlandiya va No­vaya Sibir orollaridan tortib Janubiy Amerika hamda Avstraliyagacha bo’lgan hududlarda uchratish mumkin bo’lgan. Bo’r davrida dunyo florasi turlicha turlana boshlaydi. Dastlab, Shimoli-sharqiy Sibirda ninabargli qubbali o’simliklar vujudga kela boshlaydi. Uchlamchi davrga kelib esa ular Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqala boshlaydi. Gulli o’simliklar Bo’r davrida paydo bo’la boshlaydi.
Miotsen davrida Grenlandiya va Shpitsbergendan tortib O’rta dengizgacha bo’lgan erlarda arktouchlamchi flora hukmron bo’lgan. Grenlandiyada qoraqayin, eman, terak, magnoliya, yong’oq kabi o’simliklar, Islandiyada fikus, ginkgo va boshqa bir necha ochiqurug’li o’simliklarning vakillari qazilma holida topilgan. Demak, arktouchlamchi neogen florasidan keyin Gol­arktik olamdagi bargini to’kuvchi subtropik va doim yashil ninabargli flora rivojlangan.
Uchlamchi davr oxirlarida Evropaning shimolida tilog’och, qarag’ay, pixta, Evropa uchun xos bo’lgan ninabarglilar, tol, qayin, olxa (qandag’och) kabi bargli daraxt turlari bilan birgalikda boreal ninabargli o’rmonlar sifatida ajralib chiqib, Muz okeani qirg’oklaridan janubga tomon tarqala boshlagan.
Miotsen davrida Evropaning janubiy qirg’oqlari bo’ylab turlarga boy bo’lgan Poltava florasi vujudga kelib, u asosan, fikus, lavr, mirta hamda protey kabilardan tashkil topgan. Evropa materigining o’zida va Osiyoning tropik bo’lmagan qismida to’rg’ay florasi vujudga kelgan.
Shunday qilib, uchlamchi davrda arktouchlamchi floradan uchta zonal tipdagi Poltava, to’rg’ay va boreal flora vujudga kelgan.
Muzlik davri boshlangunga qadar tundra florasi ham, dasht florasi ham hali zonal tipda hosil bo’lmagan edi. Uchdamchi davrda haqiqiy tekislik dashtlari faqat Baykal ko’li atrofida, Shimoliy Mo’g’ilistonda va Gobi cho’lidagina vujudga kelgan edi. Shuningdek, Sharqiy Taymir hamda Sharqiy Sibirda tundralar va arktik sahrolar shakllangan.
To’rtlamchi davrga kelib O’rta Osiyo territoriyasida iqlim quruqlasha borgan. Qadimgi O’rta dengiz, Tetis va uning qirg’oqlarida (Old Osiyo, O’rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika hamda Shimoliy Amerikadagi cho’llarning markaziy qismida), qadimgi O’rtaer viloyatidan iborat cho’l, quruq dasht hamda qurg’ochilikka chidamli siyrak o’rmon o’simliklari vujudga kelgan.
Ular asosan qizilchadoshlar, yulg’undoshlar, sho’radoshlar, to’ng’iztaroqdoshlar, labguldoshlar kabi oilalarning vakillaridan tashkil topgan edi.
Hozirgi vaqtda Golarktik olam uchun endem bo’lib hisoblangan oilalardan toldoshlar, qayindoshlar, ayiqtovondoshlar, sho’radoshlar, karamdoshlar, qiyoqdoshlar, qoqiguldoshlar, gazako’tdoshlar, navruzguldoshlar, bug’doydoshlar kabi oilalarning bir necha vakillarini ko’rsatish mumkin.
Golarktik floristik olam quyidagi floristik viloyatlarga bo’lib o’rganiladi: Arktika, Evropa-Sibir, Xitoy-Yapon, O’rta dengiz, Makaroneziya, Evrosiyo dasht, Osiyo (Qadimgi Osiyo) cho’l, Shimoliy Afrika-Hind, Pre­riya, Shimoliy Amerika Atlantik va Shimoliy Amerika Tinch okeani viloyatlari.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling