Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Download 370.5 Kb.
bet18/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Mezozoy florasi(trias-230±100 mln yil, yura-195±5 mln yil, bo’r-136±5 mln yil). Paleozoy erasi oxiridagi flora differentsiatsiyasi mezozoy boshida ham davom etadi. Mezozoy uchun tipik bo’lgan ochiqurug’li o’simliklar florasi trias oxiri va yura davrlarida gullab-yashnaydi. Bo’r davriga kelib bu jarayon susayib boradi. Bo’r davrining ikkinchi yarmi floristik nuqtai nazardan kaynozoyga ya’ni yopiqurug’li o’simliklar erasiga tegishli.
Mezozoy ochiqurug’lilarining asosiy qabilalari o’zining kelib chiqishi bilan paleozoy urug’li qirqquloqlari bilan bog’liqdir.
Kordaitlar mezozoy boshida qirilib ketgan, biroq bu era uchun tipik emas. Sagovniklar trias davrida keng tarqaladi va yura davrida gullab-yashnaydi. Mezozoy oxirida esa susayadi, biroq hozirgi kungacha etib kelgan. Nisbatan xarakterlilari ginkgolar hisoblanib, ularning topilmalari Xitoy va Gondvananing pnrm yotqiziqlaridan ma’lum: mezozoy davomida ular to bo’r davrigacha butun Er shari bo’ylab tarqalgan. Ularni yopiqurug’li o’simliklar siqishtira boshlaganlaridan keyin relikt holatiga o’tishadi. Hozirgi zamon florasida u Xitoyda yagona tur(Ginkgo biloba) sifatida saqlanib qolgan. Eng qisqa umrlilar bennetitlar hisoblanib, yura davrida gullab-yashnaydi va shu davr oxirida qirilib ketadi. Hozirgi davr florasida muhim rol o’ynaydigan ninabarglilar perm-karbonda paydo bo’lib, mezozoyda iqlim kontinentalligi yo’nalishiga moslashish uchun evolyutsiya qilishni davom ettiradi.
Bo’r davrining boshi yura davri florasi bilan unchalik farq qilmaydi. Bu davrda hech qanaqa geologik katastrofalar kuzatilmagan, shimoliy yarim shar iqlimi asta sekinlik bilan mo’’tadillasha boradi. Yurada vujudga kelgan qurg’oqchil hudud(O’rta Osiyoda) kengayib boradi, iqlim mintaqalar differentsiatsiyasi davom etadi.
Er sharida keskin o’zgarish quyi bo’rning ikkinchi yarmida vujudga keladi. Bu davr yotqiziqlaridan dastlabki gulli o’simliklarning izlari va chang donachalari topiladi. Shu vaqtdan e’tiboran o’simliklar qoplamida yangi era boshlanadi. Yopiqurug’lilar ularni qadimiy o’simliklar sinflari bilan bog’lab turadigan oraliq shakllarsiz birdaniga vujudga keladi.
Shu sababli yopiqurug’lilarning kelib chiqish markazi va ajdodlari paleobotaniklar tomonidan haligacha aniqlangani yo’q.
Yuqori bo’r davriga kelib yopiqurug’lilar sonining sezilarli darajada ko’payishi kuzatiladi va shu davrdan boshlab yangi-yopiqurug’li o’simliklar erasi boshlanadi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling