Мавзу: ареал ща+ида таълимот


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 370.5 Kb.
bet20/42
Sana25.07.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1662371
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ; Golarktik, Paleotropik, Neotropik, Kap, Avstraliya, Antarktik olamlar.


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
1.1. Dunyo floristik geografiyasining neshta floristic oblastlarga bo’lib o’rganiladi?
1.2. Poletropik olam bilan Neotropik olamdagi viloyatlarni bilasizmi?
1 – savol bo’yicha dars maqsadi: Floristik oblastlar haqida tu\shunchaga ega bo’lish va ularni tahlil qilish.
Indintiv – o’quv naqsadi.

  1. Dunyo floristik geografiyasi to’g’risida umumiy ma’lumotga ega bo’ladi.

1 – savolni bayoni
Er sharida uchraydigan barcha o’simlik turlari taxminan
500 ming ta. Shu turlarning o’zaro juda yaqinligini ularning
tarixiy taraqqiyoti asosida o’rganib chiqish floristik geografiya
fanining vazifasi hisoblanadi. Flora deganda o’z areali va
kelib chiqish tarixiga ko’ra muayyan bir territoriyada yashovchi
o’zaro yaqin turlar, turkumlar va oilalarning yig’indisi tushuniladi.
Er sharining barcha quruqlik qismi oltita floristik olamga; Golarktik, Paleotropik, Neotropik, Kap, Avstraliya, Antarktik olamlarga bo’lib o’rganiladi.
Har bir floristik olam o’z florasining geografik tarqalishiga, genetik va tarixiy taraqqiyotiga, shuningdek, geolo­gik, orografik, iqlim va tuproq sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, turlarning geografik izolyatsiyasi, migratsiyasi, halok bo’lish differentsiatsiyasi ham floristik olamlarning farqlanishiga sabab bo’ladi. Floristik olamlar bir necha viloyatlarga bo’lib o’rganiladi. Bunday floristik viloyatlar bir-biridan yoshiga va tarixiy taraqqiyotiga ko’ra farq qiladi. Bir floristik viloyatdagi o’simlik turlari uchlamchi davrdan buyon deyarli o’zgarmagan bo’lib relikt o’simliklardan tashkil topishi, ikkinchisi esa muzlik ta’sirida ancha o’zgargan bo’lishi mumkin. Masalan: birinchi xil ki­chik viloyatga Xitoy-Yapon, Atlantika yoki Shimoliy Amerika viloyattlarini, ikkinchi xil floristik viloyatga Markaziy Evropa viloyatini misol tariqasida ko’rsatish mumkin.
Floristik viloyatlar, kichikroq provintsiyalarga, provintsiyalar esa okruglarga bo’linadi.
Floristik olam va viloyatlarning chegarasi, turlar soni hamda floristik tarkibiga tegishli hozirgi ma’lumotlar o’tmishdagi ma’lumotlarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Buning sababini tushunish uchun paleogeografik dalillarga murojaat etamiz.
Yo’qolib ketgan o’simlik qoldiqlarni qazilma holda o’rganish asosida Er sharining iqlimi uzoq geologik davrlar davomida bir xilda bo’lib kelganligi va uni hozirgi vaqtdagi iqlimdan farq qilganligi ma’lum bo’ladi. Iqlim sharoitining o’zgarishi quruqlik va suvlikning Er sharida taqsimlana borishi bilan bog’liq bo’lgan.
Demak, erning yoshi 4—5 mlrd yil deb hisoblasak, erda hayotning paydo bo’lganligiga 1 mlrd 700 mln yil bo’lgan degan ma’lumotlar bor. Er sharida o’simliklar dunyosining rivojlanish bosqichlariga nazar tashlaganda eng dastlabki organizmlar ko’k-yashil suvo’tlar va bakteriyalar ekanligi ma’lum bo’­ladi. Ular arxey erasida paydo bo’la boshlab, paleozoy erasining kembriy hamda silur davrlariga kelib keng tarqalgan va rivojlana borgan. Silur davrida ba’zi o’simliklar (psilofitlarga va ularga o’xshashlar) quruqlikka chiqa boshlagan. Devon va toshko’mir davrlarida sporali o’simliklar paydo bo’la boshlagan.
Paleozoy erasining so’nggi perm davrida ochiqurug’lilar vujudga kelib, ular mezozoy erasining trias hamda yura davr­larida juda keng avj olgan. Mezozoy erasining bo’r davridan boshlab esa yopiqurug’li (yoki gulli) o’simliklar vujudga kela boshlab, ularning areali kengaygan.
Bo’r davrida materikni bir necha marta suv bosgan va chekingan. Bu davrning oxirlariga kelib Shimoliy Amerikada, uchlamchi davrga kelib esa Evropa va Osiyoda tog’lar hosil bo’la boshlagan. Uchlamchi davrda shimoliy yarim sharda temperatura pasaya borgan. Ana shunday o’zgarishlarning uchlamchi davrida va undan keyingi davrlarida sodir bo’lishi natijasida gulli o’simliklarning Er sharida tarqalish chegarasi o’zgarib turgan.
Amerika va Afrikaning tropik viloyatlari Atlantika okeani hosil bo’lgunga qadar Janubiy Osiyo bilan to’tashgan holda Gondvana materigini tashkil kalgan.
Bo’r davrining oxirlarida va uchlamchi davrda Atlantika va Hind okeanlarining vujudga kelishi bilan bu tropik kuruqlik ikki bo’lakka (Janubiy Amerika va Afrikaga) ajralib ketgan.
Ayni vaqtda janubiy yarim sharda quruqlikning bir qismi cho’kib Avstraliyani Antarktidadan, Afrikani Janubiy Amerikadan ajralib ketishiga olib keldi.
Kaynazoy erasida shimoliy yarim sharning florasi, umuman, tabiati tubdan o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar shimoliy yarim shardagi qadimgi uchlamchi florani yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan.
Janubda esa tabiiy-geografik sharoit deyarli o’zgarmaganligi sababli tropik o’rmonlar, savannalar va tropik cho’l o’simliklari o’z holicha deyarli saqlanib qolgan.
Shunday qilib, bitta tropik mintaqa (ekvator) va ikkita tropik bo’lmagan (shimoliy va janubiy) iqlim mintaqasi vu­judga keldi.



Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling